Qoraqalpoğistonda boğça direktori va örinbosari pora bilan uşlandi
Qoraqalpoğiston Respublikasida maktabgaça talim muassasasining direktori va uning örinbosari pora bilan qölga tuşdi.
Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Qonliköl tumani bölimi va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda Nukus şahridagi maktabgaça talim muassasasi direktori K. R. fuqaro G. R. ni logoped vazifasiga işga qabul qilganligi evaziga 20 mln sömni K. R. ning topşiriğiga köra direktor örinbosari R. K. xizmat xonasida olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Bildirilişiça, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (Pora oliş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Namangan şahrida Xalq qabulxonasi xodimi xizmat xonasida 1 500 AQŞ dollar pora olgan vaqtida uşlangandi.