Tokioda özbekistonlik erkak 10 yaşar qizga şilqimlik qilgani uçun uşlandi
Yaponiyaning Tokio şahrida 45 yoşli özbekistonlik kurer 10 yaşar qizga uyatsiz harakat qilganlikda gumonlanib, qölga olindi. Bu haqda “Nippon” xabar berdi.
Şahar politsiya boşqarmasi malumotlariga köra, Tokioning Şinagava tumanida istiqomat qiluvçi 45 yoşli D.M. 5 iyul kuni soat 17:00 atrofida Setagava tumanidagi xonadonlardan birida 10 yaşar qizni quçoqlab, öpgan.
Politsiya xabariga köra, gumonlanuvçi joriy yilning 25 sentyabr kuni politsiya tomonidan kuzatuv kameralari yordamida aniqlanib, hibsga olingan. Kurer ota-ona buyurtma qilgan ovqatni olib borganida qiz uyda yolğiz bölgan. Qizça hodisa haqida xabar beriş uçun politsiyaning şoşilinç xizmatiga qönğiroq qilgan. Erkak ayblovlarni tan olgan va qizni yoqtirib qolgani sababli özini tiya olmaganini aytgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Yaponiya Immigratsiya xizmati agentligi mamlakatda noqonuniy bölib turgan 2 nafar Özbekiston fuqarosini deportatsiya qilgani haqida xabar berilgan edi. Har ikkala fuqaro Yaponiyaga qisqa muddatli viza bilan borgan. Ular viza muddati tugaganidan keyin ham mamlakatda noqonuniy qolgan va keyinçalik hokimiyat organlari tomonidan qölga olingan.