Jazirama hafta: Issiq havoda qanday tavsiyalarga amal qiliş kerak?
17-06-2025, 10:24
462 марта
Jazirama hafta: Issiq havoda qanday tavsiyalarga amal qiliş kerak?“Özgidromet” malumotlariga köra, uşbu hafta boşidan Özbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelişi kuçayadi.
Jumladan, 16-17 iyunda Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm viloyatida, 17-19 iyunda Özbekistonning qolgan hududlarida havo harorati kunduz kunlari 40-42 darajagaça, janubda va çöl hududlarda, bazi joylarda 43-44 darajagaça kötariladi.
Xöş, bunday ob-havo şaroitida qanday tavsiyalarga amal qilişi lozim?
Jazirama kunlarda, eng avvalo, bolalar, keksalar, homilador ayollar va surunkali kasalliklardan aziyat çekayotgan bemorlar öz soğligiga yanada etiborli bölişlari zarur.
Soat 10:00 dan 17:00 ga qadar soya-salqin joylarda böliş tavsiya etiladi.
Taşqariga çiqiş lozim bölsa, tabiiy, yorqin rangdagi, paxta matosidan bölgan liboslar va yengil boş kiyim kiyiş hamda quyoşdan himoyalovçi közoynak taqiş maqsadga muvofiq.
Issiq havoda kuniga 3 litrdan kam bölmagan miqdorda suyuqlik içiş lozim. Biroq past haroratdagi salqin içimliklarni içişdan tiyiliş kerak.
Gazlangan, energetik va alkogol içimliklar, qahva istemol qilmaslik zarur. Yoğli, dudlangan taomlar tanovul qilmaslik, aksinça, köproq meva-sabzavotlar istemol qiliş tavsiya etiladi.
Kun davomida iliq duş qabul qiliş, vaqti-vaqti bilan badanni sovuq suvda namlangan daströmol bilan artib turiş ham tanani haddan ziyod qizib ketişdan saqlaydi.
Quyoş urişi — eng xavfli holat bölib, jabrlanuvçida köngil aynişi, boş aylanişi, qusiş, burundan qon ketişi, quloqlarda şovqin, köriş qobiliyatining buzilişi, yurak urişi va nafas oliş kuçayadi. Hatto, ayrim paytlarda tutqanoq tutiş, alahsiraş, gallyutsinatsiya kuzatilişi va bemor huşini yöqotişi mumkin.
🥛 Bunday paytda uni, eng avvalo, salqin joyga köçirib ötkaziş lozim. Söng gorizontal holda yotqizib, oyoqlarini sal kötariş, kiyimlarini yeçiş, yuzini sovuq suvda yuviş va biror xöllangan matoni yurak sohasiga qöyiş kerak. Şuningdek, unga qatiq içiriş va zudlik bilan şifokorga murojaat qiliş lozim.
🩺Şuningdek, issiqda oğir jismoniy mehnat bilan şuğullaniş suvsizlaniş va silla quriş xavfini sezilarli darajada oşiradi. Bunday şaroitda yurak-qon tomir tizimiga tuşadigan yuk ortib, yurak xuruji yoki insult yuzaga kelişi mumkin.
‼️ Şu sababli surunkali kasalliklari (gipertoniya, yurak kasalliklari, semizlik) bor insonlar issiq vaqtda jismoniy faollikdan çeklaniş, agar zarur bölsa, şifokor bilan maslahatlaşişi lozim.