Noqonuniy tamaki savdosi bilan şuğullanib kelgan şaxsdan 736,1 mln sömlik tamaki mahsulotlari aşyoviy dalil sifatida olindi
18-06-2025, 11:51
345 марта
Noqonuniy tamaki savdosi bilan şuğullanib kelgan şaxsdan 736,1 mln sömlik tamaki mahsulotlari aşyoviy dalil sifatida olindiBoş prokuratura huzuridagi Departamentning Nurafşon şahri bölimi hamda Toşkent şahar bojxona boşqarmasi xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravişda tamaki mahsulotlari savdosi bilan şuğullanib kelgan A.X. “Monza” rusumli avtomaşinasida xorijda işlab çiqarilgan “Ubbc” hamda “Velo” nomli tamaki mahsulotlarini fuqaro S.O.ga ötkaziş maqsadida olib kelgan vaqtida uşlanib, A.X.ning körsatuvlariga asosan davom etgan tadbirda Toşkent şahri, Mirobod va Çilonzor tumanlaridagi 2 ta savdo dökoni hamda 2 ta xonadondan umumiy bahosi 736,1 mln sömlik 52 turdagi tamaki mahsulotlari aşyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravişda muomalaga kiritiş yoki işlab çiqariş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.
