Özbekistonda qidiruvga berilgan ayol Turkiyada uşlandi
19-06-2025, 11:33
628 марта

Özbekistonda qidiruvga berilgan ayol Turkiyada uşlandi
Özbekiston hududida odam savdosi jinoyatini sodir etişda gumonlanib, qidiruvga berilgan ayol Turkiyada qölga olindi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.“Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi va Turkiya Respublikasining Istanbul şahridagi Boş konsulxonasi hamkorligida yirik tezkor-qidiruv tadbiri amalga oşirildi. Uşbu hamkorlik natijasida Özbekiston hududida jinoyat sodir etgan va qidiruvga berilgan şaxs qölga olindi”, deyiladi xabarda.
Malumotlarga köra, 1981 yilda tuğilgan I.U. Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) 3-qismi böyiça Namangan viloyati IIB tomonidan qidiruvga berilgan. Tezkor malumotlar asosida u Turkiya Respublikasining Istanbul şahrida yaşirinib yurganligi aniqlandi.
Mazkur şaxs joriy yilning 17 iyun kuni Turkiya hududida qölga olinib, belgilangan tartibda Özbekiston Respublikasiga ekstraditsiya qilingan.