Farğonada 24 yoşli yigit 15-qavatdan özini taşlab, halok böldi
Farğona şahrida 24 yoşli K. J. köp qavatli uyning 15-qavatidan özini taşlaşi oqibatida vafot etdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ söroviga javoban Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov malum qildi.
Farğona şahar prokuraturasi malumotnomasiga köra, voqea joriy yilning 26 oktyabr kuni Şaharqişloq mahallasidagi Tarona köçasida joylaşgan köp qavatli uyda sodir bölgan.
Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki malumotnomasida ölimga jigarning majaqlanib yorilişi sabab bölgani körsatilgan. Hodisa joyini közdan keçirişda jinoyat izlari yoki şubhali holatlar aniqlanmagan.
Qayd etilişiça, marhum avval şizofreniya taşxisi bilan Farğona viloyatidagi ixtisoslaştirilgan ruhiy salomatlik markazida bir neça marta davolangan. U oxirgi marta joriy yilning 4 iyuldan 13 oktyabrgaça statsionar şaroitda davolangan.
Hodisa tafsilotlarini aniqlaş maqsadida marhum foydalangan Redmi rusumli telefon prokuratura ixtiyoriga daliliy aşyo sifatida olingan. Telefon xotirasidagi malumotlarni tiklaş uçun viloyat IIBning kiberxavfsizlik bölimiga topşiriq yuborilgan.
Şuningdek, hodisa sodir bölgan köp qavatli uydagi videokuzatuv kameralari tekşirilganda, ular bir neça oydan beri işlamayotgani malum bölgan.
Bildirilişiça, ayni vaqtda holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari davom etmoqda. Tekşiruv natijalari böyiça qöşimça malumot berilişi aytilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Samarqand şahrida 42 yoşli ayol uyining hovlisidagi turnikka römol bilan özini osgani haqida xabar berilgan edi.