USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistonda beş oyda qança fuqaro ovqatdan zaharlangani oçiqlandi

181 марта
Özbekistonda beş oyda qança fuqaro ovqatdan zaharlangani oçiqlandi 

2025-yilning ötgan 5 oyi davomida 14 ta holatda ovqatdan zaharlanişlar röyxatga olinib, unda 42 nafar fuqaro jabrlangan. Bu haqda AOKAda Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi rahbariyati iştirokida bölib ötgan matbuot anjumanida aytib ötildi.

Takidlanişiça, yuzaga kelgan ovqatdan zaharlaniş holatlarining önta holatda uy şaroitida tayyorlangan konserva mahsulotlarini istemol qiliş natijasida botulizm kasalligi qayd etilgan. Ulardan 8 nafarini bolalartaşkil etadi.

Uçta holatda ovqat toksikinfektsiyasi qayd etilib, 13 nafar fuqaro jabrlangan, şundan 8 nafarini bolalar taşkil etadi. Kimyoviy zaharlaniş bitta holatda qayd etilgan.

Özbekistonda esa 2024-yilda Sanitariya-epidemiologiya qömitasining hududiy boşqarmalari va tuman bölimlari tomonidan jami 20 184 ta umumiy ovqatlaniş korxonalarining 1 512 tasida (7,49 foiz) tekşiruvlar olib borilgan.
Natijada ularning 664 tasida (3,29 foizi) sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari talablari buzilganligi aniqlangan.
JSST malumotlariga köra, dunyo böyiça har yili 600 millionga yaqin kişi zaharli yoki sifatsiz ovqat istemoli oqibatida kasallanadi.
Ovqatdan zaharlaniş holatlaridan jabrlanganlar
Özbekistonda 2024-yilning 1-çoragida 18 ta ovqatdan zaharlaniş holatlari qayd etilgan bölib, bunda 143 nafar fuqarolar jabrlanganlar.

JSST malumotlariga köra, dunyoda har yili xavfli oziq-ovqat mahsulotlarini istemol qiliş natijasida 600 millionga yaqin inson jabrlanadi. 420 ming kişi mikroorganizmlar yoki kimyoviy moddalar bilan ifloslangan oziq-ovqatlarni istemol qiliş natijasida vafot etadi. Ularning 125 ming nafarini 5 yoşgaça bölgan bolalar taşkil etadi

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: