USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgardi

104 марта
Ўзбекистонда дориларни рецептсиз сотиш мезонлари ўзгарди

Özbekistonda retseptsiz beriladigan dori vositalari toifasiga kiritiş mezonlari özgartirildi. Bu haqda “Dori vositalarini retsept bilan va retseptsiz beriladigan dori vositalari toifasiga kiritiş tartibi töğrisida”gi nizomda keltirilgan. Adliya vazirligi tegişli özgartirişlarni joriy yilning 12noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazgan.

Hujjatga köra, endi dori vositasini retseptsiz beriladigan toifaga kiritişda quyidagilar hisobga olinadi:

  • dori vositasining tibbiy xodimning doimiy kuzatuvisiz, mustaqil va xavfsiz qöllanişi;
  • notöğri qöllaş, dozani oşirib yuboriş, suiistemol qiliş yoki qaramlikni keltirib çiqariş xavfining pastligi;
  • qöllaş yöriqnomasidagi malumotlarning istemolçi uçun aniq, töliq va tuşunarli ekani;
  • farmakonazorat hamda postmarketing nazorati natijalari;
  • Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti tomonidan etirof etilgan tartibga soluvçi organlar tomonidan dori vositasining retseptsiz beriladigan toifaga kiritilganligi.

Ikki yoki undan ortiq faol modda birikmasidan iborat dori vositalari ham retseptsiz beriladigan toifaga kiritilişi mumkin.

Bunda har bir faol moddaning terapevtik hissasi, kombinatsiyaning foyda-xavf nisbati, klinik asoslanganligi, şuningdek, özaro tasir, dozani oşirib yuboriş va notöğri qöllaş xavflari baholanadi.

Dori vositasini retsept bilan beriladigan toifadan retseptsiz beriladigan toifaga ötkaziş rad etilgan taqdirda, rad etiş asoslari bartaraf etilganda yoki dori vositasining xavfsizligi hamda samaradorligiga oid yangi malumotlar olinganda, ariza beruvçi uç yil kutmasdan takroran murojaat qiliş huquqiga ega böladi.

Vakolatli organ dori vositasining xavfsizligi va samaradorligiga oid yangi malumotlar, farmakonazorat va postmarketing nazorati natijalari hamda qonunçilikdagi özgarişlardan kelib çiqib, uning toifasini qayta körib çiqişi mumkin.

Eslatib ötamiz, avvalroq hozirga kunda Özbekistonda 1846 turdagi retseptsiz beriladigan dori vositalari davlat röyxatidan ötgani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: