USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Çexiyada oğir vaziyatga tuşib qolgan özbekistonlik mamlakatga qaytarildi

31 марта
Чехияда оғир вазиятга тушиб қолган ўзбекистонлик мамлакатга қайтарилди

Özbekiston elçixonasi kömagida Çexiyada qiyin hayotiy vaziyatga tuşib qolgan özbekistonlik mamlakatga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Malum bölişiça, fuqaro Z.H. 2022 yilda işlaş maqsadida Polşaga borib, vaqtinçalik yaşaş ruxsatnomasini rasmiylaştirgan. Biroq doimiy iş topa olmagani sababli 2024 yilda Çexiyaga yöl olgan.

U Çexiyada turli kunlik işlar, jumladan, farroşlik bilan şuğullangan. Ammo huquqiy maqomini rasmiylaştira olmagani va daromadi yetarli bölmagani sababli oğir moddiy ahvolga tuşib qolgan.

Özbekistonga qaytiş uçun yetarli mablaği bölmagani sababli u elçixonaning konsullik bölimiga murojaat qilgan. Elçixona tomonidan öz vaqtida körsatilgan amaliy yordam natijasida özbekistonlik ayol joriy yilning 17 noyabr kuni Praga–Istanbul–Samarqand yönalişi orqali Özbekistonga qaytib kelgan.

“Özbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari oğir vaziyatga tuşib qolgan fuqarolarimizni qöllab-quvvatlaş va ularning Vatanga qaytişiga kömaklaşiş borasidagi say-harakatlarini izçil davom ettirmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Frantsiyada oğir hayotiy vaziyatga tuşib qolgan özbekistonlik mamlakatga qaytarilgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: