Soliq qömitasi ogohlantiriş bilan çiqdi
Telegram messenjerida Soliq qömitasi nomidan faoliyat yuritayotgan kiberfiribgarlarga tegişli 50 ga yaqin yopiq va oçiq guruh, kanal hamda bot aniqlandi. Bu haqda Soliq qömitasi xabar berdi.
Qömita Kiberxavfsizlik xizmati ötkazgan monitoring davomida aniqlangan mazkur resurslar orqali foydalanuvçilarga soxta takliflar berilayotgani malum bölgan.
Xususan, firibgarlar keşbek çeklarini sotişga urinişi, pul evaziga ijara şartnomalarini rasmiylaştirişni taklif qilişi, “keşbek orqali pul işlang” mazmunidagi referal aktsiyalarni tarqatişi aniqlangan. Şuningdek, ular qömita nomidan turli xabarlar va xavfli ilovalarni tarqatgan.
Aniqlangan resurslar orasida soliquz_çek_keşbek, SoliqUz_keşbeklar, Soliqmobilxizmati, SoliqUzbDavlat_bot va keşbek_soliqbot kabi nomlar bor.
Qayd etilişiça, holatlar yuzasidan Soliq qömitasi Kiberxavfsizlik xizmati Telegram’ning texnik qöllab-quvvatlaş xizmatiga rasmiy murojaat yuborgan.
Qömita fuqarolarni norasmiy kanal va guruhlarga qöşilmaslik, ulardagi havolalarni oçmaslik hamda bunday manbalardan olingan ilovalarni qurilmalarga örnatmaslikka çaqirmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Soliq qömitasi raisi nomidan oçilgan soxta akkaunt orqali idora xodimlariga turli xabarlar yuborilayotgani haqida xabar berilgan edi.