Mirziyoyev Özbekistonning YeOII bilan köptomonlama hamkorligi qanday rivojlanayotgani haqida töxtaldi
27-06-2025, 17:40
107 марта

Mirziyoyev Özbekistonning YeOII bilan köptomonlama hamkorligi qanday rivojlanayotgani haqida töxtaldi
Prezident Şavkat Mirziyoyev bugun, 27 iyun kuni Minsk şahrida bölib ötgan Yevroosiyo iqtisodiy kengaşining yiğilişida iştirok etib, nutq sözladi.Özbekiston yetakçisi nutq avvalida samimiy qabul Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenkoga minnatdorlik bildirdi.
Şuningdek, jahon iqtisodiyotida vujudga kelayotgan murakkab vaziyatga baho berib, protektsionizm va sanktsiyalar siyosatining kuçayişi, savdo-logistika zanjirlarining buzilişi va xorijiy şeriklarning investitsiyaviy faolligi qisqarib borişi oqibatlarining salbiy tasiri Özbekistonda ham his qilinayotganini takidladi.
«Bizning tabiiy va ananaviy şeriklarimiz bölgan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari bilan özaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytiriş va çuqurlaştiriş taşqi iqtisodiy siyosatimizning ustuvor yönalişlaridan biri ekanini takidlab ötmoqçiman.
Fursatdan foydalanib, joriy yil boşidan buyon Özbekistonda bölib ötgan «Innoprom. Markaziy Osiyo» xalqaro sanoat körgazmasi va törtinçi Toşkent investitsiya forumini qöllab-quvvatlagani va ularning işida delegatsiyalaringiz faol iştirok etgani uçun barça hamkasblarimga minnatdorlik izhor etaman.
Uşbu tadbirlar yakunida muhim kelişuvlarga erişildi, kooperatsiya böyiça yangi yönalişlar va istiqbolli loyihalar belgilandi. Biz mamlakatlarimizning yanada köproq yetakçi kompaniyalari va moliyaviy guruhlarini jalb etgan holda, uşbu hamkorlik maydonçalarini kengaytirişni rejalaştirmoqdamiz», – dedi Mirziyoyev.
Özbekiston yetakçisi yiğilganlarga mamlakatning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan köptomonlama hamkorligi qanday rivojlanayotgani haqida ham qisqaça malumot berib ötdi.
«Kuzatuvçi davlat maqomidagi tört yillik hamkorlik davrida Özbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari bilan taşqi savdo aylanmasi 80 foizga ösdi va ötgan yil yakuni böyiça 18 milliard dollarni taşkil etdi. Şuni mamnuniyat bilan takidlamoqçimanki, savdo operatsiyalari nomenklaturasi, avvalambor, sanoat mahsulotlarini yetkazib beriş hisobidan kengaymoqda. Qöşma korxonalar va loyihalar soni uç barobar ösdi.
Joriy yilning mart oyida Qöşma işçi guruhining törtinçi majlisi muvaffaqiyatli ötkazilib, uning yakunida texnik tösiqlarni bosqiçma-bosqiç bartaraf etiş, sanoat kooperatsiyasini çuqurlaştiriş va işbilarmonlik taşabbuslarini rağbatlantiriş böyiça kelişilgan çora-tadbirlar işlab çiqildi.
Biz 40 ta aniq çora-tadbirni qamrab olgan, uç yilga möljallangan yangi rejani amalga oşirişga kirişdik.
Özbekiston, şuningdek, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining muhim taşabbuslarida, jumladan, «Evroosiyo agro ekspress», elektron savdoni rivojlantiriş, yuklarni taşişni raqamlaştiriş va iqlim masalalari kabi loyiha va dasturlarda faol iştirok etmoqda.
Aprel oyida barça tartib-taomillarni yakuniga yetkazdik va Yevroosiyo taraqqiyot bankini tasis etiş haqidagi bitimga qöşildik. Bank bilan hamkorlikda infratuzilmani modernizatsiya qiliş, metallurgiya, töqimaçilik, kimyo sohalari va boşqa strategik tarmoqlarda istiqbolli loyihalar portfeli işlab çiqilmoqda», – dedi Şavkat Mirziyoyev.
Şuningdek, YeOII bilan şeriklikni yanada rivojlantirişning muhim yönalişlari körsatib ötildi.
Unga kщra, özaro savdo aylanmasini kengaytiriş uçun qulay şaroitlarni şakllantiriş muhim ahamiyat kasb etadi.
Özbekiston mamlakatlar örtasidagi erkin savdo hududi faoliyatini taminlaş bilan boğliq barça kelişuvlarni töliq hajmda bajarmoqda.
Savdo operatsiyalari tartib-taomillarini soddalaştiriş va texnik tartibga soliş tizimlarini yaqinlaştirişga qaratilgan Özbekiston tomonining qator takliflari ekspertlar tomonidan örganib çiqilişini tezlaştiriş zarur.
«Biz, şuningdek, savdoni qöllab-quvvatlaşda texnik tartibga solişning raqamli tizimlari va Ittifoqning raqamli transport yölaklari ekotizimi, Yevroosiyo qayta suğurtalaş kompaniyasi kabi vosita va mexanizmlarga qöşilişdan manfaatdormiz. Bu bizning biznesimiz uçun şaroitni sezilarli darajada yengillaştiradi, mamlakatlarimizning tovar bozorlariga özaro kirişida qulay imkoniyatlarni taminlaydi.
Zamonaviy axborot texnologiyalari va suniy intellekt jadal rivojlanib borayotganini hisobga olib, raqamlaştiriş sohasida köptomonlama hamkorlik qiliş istiqbolga ega, deb hisoblaymiz.
Elektron savdo, mahsulotlarning raqamli markirovkasi, yangi avlod logistika platformalarini yaratiş, aniq tarmoqlarda suniy intellekt texnologiyalarini joriy etiş böyiça yönalişlarni qamrab olgan alohida dastur qabul qilişni taklif etamiz.
Şuningdek, Özbekiston ötkaziş punktlarining yagona integrallaşgan axborot tizimida iştirok etiş imkoniga ega ekanini ham takidlamoqçiman. Bu, eng avvalo, çegaralardan ötişni tezlaştiriş, monitoring samaradorligi va barça jarayonlar şaffofligini taminlaş imkonini beradi.
Texnik jihatdan biz bunday loyihalarda faol iştirok etişga tayyormiz.
Kooperatsiya aloqalarini rivojlantirişni rağbatlantiriş uçun kiçik va örta biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça işga tuşirilgan dasturlar, jumladan, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi Işbilarmonlik kengaşi bilan qöşma çora-tadbirlar doirasida amaliy hamkorlikni kengaytirişni taklif etamiz.
Sanoat sohasidagi loyihalarni moliyaviy qöllab-quvvatlaş mexanizmi hamda sanoat kooperatsiyasi va texnologiyalar transferi böyiça Yevroosiyo tarmoği platformasi imkoniyalaridan foydalanişdan manfaatdormiz.
Şavkat Mirziyoyev sözini yakunlar ekan, mamlakat Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasida amaliy hamkorlikni kengaytirişga sodiq ekanligini yana bir bor tasdiqladi.
Oziq-ovqat xavfsizligini taminlaş sohasida qişloq xöjaligi mahsulotlari işlab çiqaruvçilarning hamkorligi uçun imkoniyatlarni kengaytirişga qaratilgan çora-tadbirlarni işlab çiqişda say-harakatlarni birlaştiriş muhimdir. Bu örinda söz, avvalo, Özbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari bilan agrokooperatsiya dasturini qabul qiliş haqidagi taşabbusimizni amalga oşiriş haqida bormoqda. Uşbu dastur ilğor texnologiyalarni joriy etiş, qişloq xöjaligi mahsulotlari harakatlanişi tartiblarini soddalaştiriş, «yaşil» yölaklarning samarali faoliyati va ularni kengaytirişni nazarda tutadi.
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqidagi hamkorlarimiz bilan birgalikda mehnat resurslari tartib-taomillarini soddalaştiriş va safarbar etilişini oşiriş böyiça faol iş olib boryapmiz. Şu munosabat bilan mehnat bozorida talab katta bölgan sohalarda professional standartlar va malaka talablarini yaqinlaştiriş masalalari böyiça ekspertlar maslahatlaşuvlarini ötkazişni taklif etamiz.
Agar hamkasblarimiz qöllab-quvvatlaşsa, biz Taşkilot doirasida joriy etilgan «Çegara bilmaydigan iş» integratsiyalaşgan platformasiga ham qöşilamiz», – dedi Özbekiston yetakçisi.
Şu bilan birga, Özbekistonning yuqorida takidlab ötilgan köptomonlama dastur va loyihalarda iştirok etişi iqtisodiy şeriklikni mustahkamlaşga xizmat qilişini va bugungi şaroitda mamlakatlarning barqaror rivojlanişiga imkon berişini takidlab ötdi.