USD: 11,994 söm ▲ EUR: 13,420 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,088 söm ▲ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,265 söm ▲ USD: 11,994 söm ▲ EUR: 13,420 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,088 söm ▲ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,265 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Mirziyoyev Minskdagi yiğilişda iştirok etdi

101 марта

Mirziyoyev Minskdagi yiğilişda iştirok etdi

Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev bugun, 27 iyun kuni Belarusning Minsk şahrida Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengaşining navbatdagi yiğilişida EOII huzuridagi kuzatuvçi davlat rahbari maqomida iştirok etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Belaruslik Aleksandr Lukaşenko raisligida ötgan uçraşuvda Qozoğiston Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev, Qirğiz Prezidenti Sadir Japarov, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, kuzatuvçi maqomida Kuba Prezidenti Migel Dias-Kanel, Eron Prezidenti Masud Pezeşkiyon (videomurojaat yölladi) hamda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi Hayati raisi Baqitjan Sağintayev ham qatnaşgan. Mehmon sifatida Abu-Dabi valiahd şahzodasi Şayx Xolid Ol Nahayon, Möğuliston Boş vazirining birinçi örinbosari Nam-Osorin Uçral va MDH Boş kotibi Sergey Lebedev iştirok etgan.
Kun tartibidan köp tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytiriş, sanoat kooperatsiyasi loyihalarini qöllab-quvvatlaş, hamkorlikning ustuvor yönalişlarida qöşma dasturlarni amalga oşiriş masalalari örin olgan.

Özbekiston Prezidenti nutqining avvalida EOII mamlakatlari bilan özaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytiriş va çuqurlaştiriş mamlakat taşqi iqtisodiy siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri ekanini takidlagan.
Taşkilotga azo mamlakatlarga ularning delegatsiyalari joriy yilda Özbekistonda ötkazilgan “Innoprom. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat körgazmasi va törtinçi Toşkent investitsiya forumida faol iştirok etgani uçun minnatdorlik bildirilgan.

Uşbu tadbirlar yakunida muhim kelişuvlarga erişilgani, hamkorlikning yangi yönalişlari va istiqbolli loyihalari belgilab olingani alohida takidlangan.

Davlat rahbari yiğiliş iştirokçilariga Özbekiston bilan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi örtasida köp qirrali hamkorlik qay darajada rivojlanayotgani töğrisida malumot bergan. Xususan, kuzatuvçi davlat maqomidagi hamkorlik davrida Özbekistonning Ittifoq mamlakatlari bilan taşqi savdo aylanmasi 80 foizga oşib, ötgan yil yakuniga köra 18 milliard dollarni taşkil etgan.

Davlat rahbari EOII bilan şeriklikni rivojlantirişning asosiy yönalişlari böyiça öz nuqtai nazarini bayon qilgan.
Özaro tovar ayirboşlaşni köpaytiriş uçun qulay şaroitlar yaratiş muhimligi qayd etilgan.

Şuningdek, Özbekiston savdoni qöllab-quvvatlaş vositalari va mexanizmlarida – EOII texnik jihatdan tartibga solişning raqamli tizimi va raqamli transport yölaklari ekotizimi, Yevroosiyo qayta suğurtalaş kompaniyasi kabilarda qatnaşişdan manfaatdor ekani qayd etilgan.

Zamonaviy axborot texnologiyalari va suniy intellekt jadal rivojlanayotganini hisobga olib, raqamlaştiriş sohasidagi köp tomonlama hamkorlik istiqbollari körsatib ötilgan. Bu borada elektron savdo, tovarlarni raqamli markirovkalaş, yangi avlod logistika platformalarini yaratiş, muayyan tarmoqlarda suniy intellekt texnologiyalarini joriy etiş kabi yönalişlarni qamrab olgan alohida dastur qabul qiliş taklif etilgan.
“Bundan taşqari, EOII böyiça hamkorlar bilan tartib-qoidalarni soddalaştiriş va mehnat resurslari harakatçanligini oşiriş böyiça faol işlar olib borilmoqda. Şu munosabat bilan mehnat bozorida talab yuqori bölgan sohalarda kasbiy standartlar va malaka talablarini yaqinlaştiriş masalalari yuzasidan ekspertlar maslahatlaşuvini ötkaziş taklif etildi”, deyiladi xabarda.
Şuningdek, taşkilot doirasida işga tuşirilgan “Çegarasiz mehnat” integratsiyalaşgan platformasiga qöşilişga tayyorlik ham bildirilgan.
Yakunda davlat rahbari Özbekistonning EOII doirasidagi köp tomonlama dastur va loyihalarda iştiroki iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlaşga hamda mamlakatlarning barqaror rivojlanişiga xizmat qilişi takidlagan.
 


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: