Nefti yöq Iordaniya Özbekiston uçun nega muhim?
Joriy yilning 16 –17 noyabr sanasida Ummon sultonligida bölib qaytgan Şavkat Mirziyoyev oradan bir xafta ötar-ötmas Iordaniyaga bordi. U yerda prezidentni kutib oliş jarayoni mamlakat osmonidayoq boşlandi.
Prezident samolyoti Amman şahridagi Malika Aliya ayeroportiga qadar podşohlik harbiy-havo kuçlarining qiruvçi samolyotlari hamrohligida yetib borgaç, pastda ularni Iordaniya podşohi Abdulla II ibn al-Husayn va malikas Raniya al-Abdullaning şaxsan özi kutib oldi. Prezident Şavkat Mirziyoyev Iordaniya qiroli Abdulla II ibn al-Husayn bilan suhbat çoğida bu mamlakatga ilk bor kelayotganini takidlab, uni «payğambarlar yurti» deb atadi. Şuningdek, Iordaniyaga safari davomida nabirasi Şavkatbekka yozgan maktubi haqida ham aytib ötdi.
Ikki mamlakat rahbarlari şarafiga faxriy qorovul saf tortib, madhiyalar yangragaç navbat rasmiy muzokaralarga keldi. Bu ikki yetakçining ilk uçraşuvi emas. Ötgan yilning avgust oyi oxirida Iordaniya qiroli Abdulla II ibn al-Husayn ilk bor davlat taşrifi bilan Özbekistonga kelib, Samarqandda bölgandi. Xöş, Arab dunyosining markazida joylaşgan Iordaniya bilan hamkorlik Özbekiston uçun nega kerak?
Qizil dengizga çiqiş yöli
Avval ham takidlaganimizdek, Özbekiston — dunyo okeaniga çiqiş uçun ikkita davlat çegarasini kesib ötişi kerak bölgan kam sonli mamlakatlardan biri. Töğri, Iordaniya Özbekiston uçun Ummon singari dengizga çiqiş yölidagi strategik darvoza emas. Biroq, Iordaniya ham Qizil dengizga çiqiş imkonini beruvçi Aqaba portiga ega. Bu mamlakatning yagona dengiz porti orqali eksportining qariyb 78 foizi va importining 65 foizi amalga oşiriladi. Demak, Aqaba porti Iordaniya uçun xalqaro savdoning asosiy darvozalaridan biri. Özbekiston uçun esa Iordaniya bilan savdo-logistika aloqalarini rivojlantiriş Yaqin Şarq bozorlariga çiqiş imkoniyatlarini kengaytirişi mumkin.
Şu bilan birga, Iordaniyaning suv xöjaligi sohasidagi tajribasi ham Özbekiston uçun qiziqarli. Jahon banki malumotlariga köra, Iordaniya dunyodagi suv eng tanqis mamlakatlardan biri. Mamlakat suv resurslaridan samarali foydalaniş, oqova suvlarni qayta işlaş va ularni qişloq xöjaligida qöllaşga katta etibor qaratadi. Özbekiston ham suv tanqisligi va qişloq xöjaligida suvdan oqilona foydalaniş masalalariga duç kelayotgan bir paytda, bu yönalişdagi tajriba almaşiş amaliy ahamiyatga ega.
Bundan taşqari, Yaqin Şarqdagi siyosiy mavqei, xalqaro diplomatiyadagi roli va iqtisodiy imkoniyatlari bilan Toşkent uçun muhim hamkor bölişi mumkin. Ayniqsa, xalqaro kuçlar örtasida pragmatik va köp vektorli siyosat yölini tanlagan Özbekiston uçun Iordaniya bilan yaqinlaşuvning öziga xos ahamiyati bor.
Töğri, Iordaniya boşqa arab davlatlari kabi neft zaxiralariga boy mamlakat bölmasa-da, uning mintaqadagi siyosiy tasiri ança keng. Mamlakat Isroil, Falastin, Suriya, Iroq va Saudiya Arabistoni bilan qöşni. 1994-yilda Isroil bilan tinçlik şartnomasini imzolagan. Şu bilan birga, Falastin masalasida arab dunyosining muhim diplomatik ovozlaridan biri bölib kelmoqda.
AQŞ Kongressi tadqiqot xizmati Iordaniyani Vaşingtonning Yaqin Şarqdagi muhim hamkorlaridan biri sifatida baholaydi. Mamlakat Isroil-Falastin mojarosi, Suriya va Iroqdagi vaziyat, mintaqaviy xavfsizlik hamda terrorizmga qarşi kuraş masalalarida muhim diplomatik va xavfsizlik hamkoridir.
Bu Özbekiston uçun ham ahamiyatli. Çunki Toşkent Yaqin Şarqdagi siyosiy jarayonlarda öz diplomatik aloqalarini kengaytiriş, musulmon davlatlari bilan hamkorlikni mustahkamlaş va xalqaro maydonda özaro manfaatli taşabbuslarni ilgari surişdan manfaatdor.
Özbekiston va Iordaniya Falastin-Isroil mojarosini «ikki xalq uçun ikki davlat» tamoyili asosida hal etiş tarafdori. Toşkent 1967 yilgi çegaralar doirasida poytaxti Şarqiy Quddus bölgan mustaqil Falastin davlati tuzilişini qöllab-quvvatlaydi. Amman ham xuddi şunday pozisiyada turib, BMTning tegişli rezolyusiyalarini izçil amalga oşiriş tarafdori hisoblanadi.
Ğazo sektori masalasida tomonlar harbiy harakatlarni töxtatiş, gumanitar yordam yetkazib berilişini taminlaş va barqarorlikni tiklaş tarafdoridir. Uşbu masalalar taşqi siyosat idoralari rahbarlarining muzokaralari çoğida kötarilgan va qöşma bayonotlarda aks ettirilgan.
Tomonlar BMT va Islom hamkorlik taşkiloti doirasida ham hamkorlik qilmoqda. 2026 yil iyul oyida TIV rahbarlari mintaqaviy va xalqaro masalalar böyiça muvofiqlaştirişni davom ettirişga tayyor ekanini tasdiqlagandi.
Muhim yönalişlardan biri — qirol Abdulla II ning terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraşişga qaratilgan xalqaro taşabbusi bölgan «Aqaba jarayoni»dir. 2025 yil avgust oyida Samarqandda bölib ötgan muzokaralar çoğida Şavkat Mirziyoyev uşbu taşabbus doirasidagi navbatdagi uçraşuvlardan birini Samarqandda ötkazişni taklif qilgandi.
Noyabr oyi boşida Özbekiston rahbari Ostonada «Aqaba jarayoni» doirasidagi Markaziy Osiyo yetakçilari uçraşuvida iştirok etdi. Tadbir doirasida u Abdulla II bilan ham uçraşuv ötkazib, dunyoda yangi tahdidlar kuçayib borayotgan şaroitda uşbu platformaning muhim örnini qayd etdi.
Özbekiston uçun yangi bozorlar
Özbekiston uçun Iordaniya Yaqin Şarqdagi savdo imkoniyatlari bilan ham ahamiyatlidir. Buni ikki davlat örtasidagi savdo raqamlaridan ham köriş mumkin. 2021 yilda özaro savdo hajmi 986 ming dollarni taşkil etgan bölsa, 2025 yilga kelib 8,5 million dollarga yetgan. Yani qariyb 8,7 barobar ösiş kuzatilgan. Şundan 5,4 million dollari Özbekiston eksporti, 3,1 million dollari esa import hissasiga töğri kelgan.
Biroq bu raqamlar ikki davlat örtasidagi iqtisodiy imkoniyatlar hali töliq işga solinmaganini ham körsatadi. Masalan, 2025 yilda Özbekistonning Iordaniyaga eksportida oziq-ovqat mahsulotlari asosiy örinni egallagan. Eksportning 94,2 foizi aynan şu toifaga töğri kelgan. Biskvit, vafli, qandolat mahsulotlari, quritilgan mevalar va mayiz asosiy mahsulotlar qatorida. Ötgan yili Iordaniyaga 800 tonnadan ortiq qandolat mahsulotlari yetkazib berilib, ularning qiymati qariyb 3,5 million dollarni taşkil etgan.
Bu Özbekiston uçun nimani anglatadi? Iordaniya bozori orqali özbek mahsulotlarini Yaqin Şarqda kengroq tanitiş, eksport geografiyasini kengaytiriş mumkin. Buning uçun esa faqat oziq-ovqat bilan çeklanib qolmasdan, töqimaçilik, tayyor mahsulotlar va sanoat kooperatsiyasini ham rivojlantiriş zarur.
Iordaniya ham Özbekiston bozoriga qiziqmoqda. Mamlakatning Özbekistondagi sarmoyasi iştirokida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 18 taga yetgan. Iordaniya tomoni, xususan, farmatsevtika, kimyo, qişloq xöjaligi va sanoat sohalarida hamkorlikni kengaytirişdan manfaatdor.
Özbekiston va Iordayiya strategik şerik
2025 yil avgust oyida qirol Abdulla II ning Özbekistonga ilk davlat taşrifi çoğida ikki mamlakat örtasida 15 ta hujjat imzolandi. Ular orasida investitsiyalarni özaro himoya qiliş, vizasiz tartib, qişloq xöjaligi, turizm, talim va boşqa sohalardagi kelişuvlar bor. Tomonlar munosabatlarni keng qamrovli şeriklik darajasiga olib çiqişga kelişib oldi.
2026 yil 1 iyuldan Amman va Toşkent örtasida Royal Jordanian aviakompaniyasining töğridan töğri reyslari ham yölga qöyildi. Parvozlar haftasiga ikki marta amalga oşirilmoqda. Bu tadbirkorlar, investorlar va sayyohlar uçun ikki mamlakat örtasidagi qatnovni osonlaştiradi.
Amman şahrida Şavkat Mirziyoyev va Iordaniya podşohi Abdulla II rafiqalari iştirokida uçraşuv ötkazdi. Unda ikki mamlakat yetakçilarini oliy davlat mukofotlari bilan taqdirlaş marosimi bölib ötdi. Jumladan, Mirziyoyevga Iordaniyaning oliy davlat mukofoti — “Al Husayn ibn Ali” ordeni topşirildi. Öz navbatida, davlat rahbari Iordaniya podşohini “mamlakatlar örtasidagi yaqin döstlik munosabatlari va özaro anglaşuvni mustahkamlaş, siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni izçil rivojlantirişga qöşgan salmoqli hissasi uçun” “Oliy darajali döstlik” ordeni bilan taqdirladi.
Özbekiston va Iordaniya strategik şeriklik örnatdi: 19 ta hujjat imzolandi. Kelişuvlar doirasida imtiyozli savdo, jinoiy işlar böyiça özaro huquqiy yordam, madaniyat va madaniy ijodkorlik sanoati, milliy kutubxonalar, hujjatlar va arxivlar sohalarida hamkorlikni rivojlantiriş böyiça bitimlar hamda anglaşuv memorandumlari imzolandi.
Bundan taşqari, atrof-muhitni muhofaza qiliş, energetika va suv resurslarini boşqariş yönalişlarida ham özaro hamkorlikni yölga qöyiş yuzasidan hujjatlar rasmiylaştirildi.
Tomonlar iqtisodiy diplomatiya, toğ-kon sanoati va geologiya, uy-joy qurilişi va şaharsozlik, raqamlaştiriş va axborot texnologiyalari sohalarida ham aloqalarni kengaytirişga kelişib oldi. Şuningdek, oziq-ovqat va dori-darmon mahsulotlari nazorati, soğliqni saqlaş xizmatlari hamda çorvaçilik yönalişlarida hamkorlikni rivojlantiriş böyiça kelişuvlarga erişildi.
Mintaqalararo aloqalarni rivojlantiriş maqsadida Toşkent va Ammon şaharlari, şuningdek, Samarqand şahri va Petra turizm mintaqasi örtasida hamkorlik töğrisidagi bitimlar almaşilgan.
Birinçi xonimlar nima bilan band edi
Özbekiston Birinçi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Iordaniya qiroliçasi Raniya al-Abdulloh bilan birgalikda Ammandagi Jordan River Designs hunarmandçilik şourumiga taşrif buyurdi.
Bunday taşriflar diplomatik protokolda rasmiy muzokaralardan taşqari, madaniy va gumanitar aloqalarni namoyon etişga xizmat qiladi. Jordan River Designs loyihasi orqali ijtimoiy himoyaga muhtoj hunarmand ayollar iş bilan taminlanib, Iordaniyaning milliy hunarmandçilik ananalari asrab kelinmoqda. Şu manoda, ikki mamlakat birinçi xonimlarining uşbu taşrifi ham ayollar tadbirkorligini qöllab-quvvatlaş, milliy merosni asraş va gumanitar hamkorlik borasidagi umumiy qaraşlarning ramziy ifodasi böldi.
Xulosa qilib aytganda, Iordaniya Özbekiston uçun şunçaki yana bir savdo hamkori emas. U Yaqin Şarqda siyosiy muloqotni kengaytiriş, xalqaro maydonlarda hamkorlikni kuçaytiriş, yangi eksport bozorlariga çiqiş va investitsiyalarni jalb qiliş imkoniyatini beradigan davlat.