Huquqbuzarlik holatlari haqida xabar beriş tartibi belgilandi
Özbekistonda huquqbuzarlik holatlarini aniqlaş, ular haqida tegişli idoralarga xabar beriş hamda jabrlanuvçilarni himoya çoralari va mavjud ijtimoiy xizmatlar haqida xabardor qiliş tartibi belgilandi. Bu Vazirlar Mahkamasining 25 noyabrdagi “Huquqbuzarlik holatlari haqida xabar qiliş tartibi töğrisida”gi 640-son qarorida belgilangan.
Nizomga köra, xabardor qiluvçi subektlar öz xizmat va kasb faoliyati davomida huquqbuzarlik holatlarini quyidagi manbalar orqali aniqlaydi:
- jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari;
- talim-tarbiya jarayonidagi pedagogik kuzatuvlar, talim oluvçilar va ularning ota-onalari bilan ötkazilgan suhbatlar;
- tibbiy yordam va reabilitatsiya xizmatlarini körsatiş, tibbiy körikdan ötkaziş hamda dispanser nazoratiga oliş jarayonlari;
- xizmat va kasb faoliyati davomida boşqa manbalardan olingan malumotlar.
Xabardor qiluvçi subektning masul xodimi xabarnoma yuborilgan vaqtda yoki uni yuborgandan söng zudlik bilan jabrlanuvçiga tuşunarli va maqbul şaklda quyidagilar haqida malumot berişi kerak:
- xabarnoma yuborilgani va uning mazmuni;
- “Xotin-qizlarni tazyiq va zöravonlikdan himoya qiliş töğrisida” gi qonunda nazarda tutilgan himoya çoralari, jumladan, himoya orderi;
- “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari hamda jabrlangan xotin-qizlarga yordam körsatuvçi boşqa taşkilotlarda mavjud xizmatlar;
- uşbu markazlar va boşqa taşkilotlar orqali bepul yuridik maslahat oliş huquqi.
Idoraviy axborot tizimlari töliq integratsiya qilinguniga qadar xabardor qiluvçi subektlar huquqbuzarlik holatlari haqida Içki işlar vazirligining 102 yoki 112 yagona dispetçerlik xizmatiga telefon qiliş orqali xabar beradi.