Sayt megaserver.uz serveriga ko‘chirildi
USD: 12,002 söm ▲ EUR: 13,166 söm ▲ RUB: 146 söm ▲ GBP: 15,722 söm ▲ CNY: 1,802 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,002 söm ▲ EUR: 13,166 söm ▲ RUB: 146 söm ▲ GBP: 15,722 söm ▲ CNY: 1,802 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Jizzaxda 80 sotix davlat yerini 230 mln sömga sotmoqçi bölgan şaxs uşlandi

0 марта
Жиззахда 80 сотих давлат ерини 230 млн сўмга сотмоқчи бўлган шахс ушланди

Jizzax viloyatining Baxmal tumanida hokimlik zaxirasida turgan 80 sotix böş yer maydonini 230 mln sömga sotişni taklif qilgan şaxs uşlandi. U kelişilgan pulning 200 mln sömini olayotgan vaqtida qölga olindi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.

Malum qilinişiça, holat IIB Tezkor-qidiruv xizmati xodimlari tomonidan ötkazilgan tadbir davomida aniqlangan.

Aniqlanişiça, 1961 yilda Samarqand viloyati Bulunğur tumanida tuğilgan, hozirda Baxmal tumani Ösmat şaharçasida yaşovçi fuqaro tumanning Alamli mahallasi hududidagi 80 sotix böş yer maydonini sotişni taklif qilgan.

Tekşiruvda uşbu yer maydonining heç qanday huquqiy hujjatlari mavjud emasligi va u tuman hokimligi zaxirasida turgani aniqlangan. Şunga qaramay, erkak kelgusida tanişlari orqali yerni ariza muallifi nomiga rasmiylaştirib berişini aytib, buning evaziga 230 mln söm talab qilgan.

Tezkor tadbir davomida u kelişilgan pulning 200 mln sömini olayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Namanganda davlat zaxirasidagi 8 sotix yer maydonini boşqa şaxs nomiga rasmiylaştirib berişni vada qilgan fuqaro 7 ming dollar olayotgan vaqtida qölga olingan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: