Sayt megaserver.uz serveriga ko‘chirildi
USD: 12,002 söm ▲ EUR: 13,166 söm ▲ RUB: 146 söm ▲ GBP: 15,722 söm ▲ CNY: 1,802 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,002 söm ▲ EUR: 13,166 söm ▲ RUB: 146 söm ▲ GBP: 15,722 söm ▲ CNY: 1,802 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Toşkentda xorijliklar taşkil etgan noqonuniy koll-markazlar foş etildi

29 марта
Тошкентда хорижликлар ташкил этган ноқонуний колл-марказлар фош этилди

Toşkent şahrida Osiyo-Tinç okeani mintaqasi davlatlari fuqarolari tomonidan taşkil etilgan ikkita noqonuniy koll-markaz faoliyatiga çek qöyildi. Tezkor tadbir davomida 122 nafar çet el fuqarosi aniqlanib, köplab texnik vositalar va 1 mingdan ortiq SIM-karta aşyoviy dalil sifatida olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, noqonuniy koll-markazlar “Xavfsiz va soğlom yurt” tezkor-profilaktik tadbiri doirasida DXX hamda Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi xodimlari tomonidan aniqlangan.

Tezkor tadbir davomida ulardan 18,5 ming AQŞ dollari, 116,5 million söm, 67 ta noutbuk, 569 ta uyali aloqa vositasi, 6 ta Wi-Fi qurilmasi, 3 ta suniy yöldoş aloqa qurilmasi, 5 ta kompyuter, 3 ta planşet hamda xorijiy davlatlar mobil operatorlariga tegişli 1 mingdan ortiq SIM-karta olib qöyilgan.

Malum qilinişiça, uşbu şaxslar Yevropa va Şarqiy Osiyo mamlakatlarida ommalaşgan onlayn-platformalar orqali firibgarlik sxemalarini amalga oşirgan. Şuningdek, virusli havolalar yuboriş orqali xorijiy davlatlar fuqarolarining pul mablağlarini özlaştiriş bilan şuğullangan.

Bundan taşqari, ular jami 64 895 USDT miqdoridagi kripto-aktivlarning noqonuniy aylanmasini amalga oşirgani aniqlangan.

Hozirda holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahrining Mirobod tumanida ön tört nafar fuqaro tomonidan taşkil etilgan noqonuniy onlayn koll-markaz aniqlangani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: