Biz mehmonlarni yaxşi köramiz – Saida Mirziyoyeva
Bugun, 27 noyabr kuni Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Özbekiston taşabbusi asosidagi “2027 yil – Xalqaro barqaror va yaşovçan turizm yili”ning Toşkentda ötkazilgan oçiliş marosimida qatnaşdi. Bu haqda u özining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.
Saida Mirziyoyevaning bildirişiça, u “BMT Turizm” boş kotibi Şayxa Al Novays va xorijiy delegatsiyalarga Prezident Şavkat Mirziyoyevning tabrigini yetkazgan.


“Biz mehmonlarni yaxşi köramiz. Har bir sayyoh yurtimizga işonç, xonadonlarimizga fayz-baraka degani.
Özbekistonga xuş kelibsiz!” deydi Prezident Administratsiyasi rahbari.


