1 iyuldan nimalar özgaradi?
28-06-2025, 17:49
978 марта

1 iyuldan nimalar özgaradi?
Özbekistonda 2025 yil 1 iyuldan etiboran qonunçilikda bir qança özgarişlar amalga oşadi.2 iyun kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev byudjet taşkilotlari xodimlarining iş haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni 10 foizga, yani inflyatsiyadan past bölmagan darajaga oşirişga doir farmonni imzoladi.
Yoşga doir eng kam pensiya 918 ming söm, nogironlik pensiyasi 1 million 12 ming sömni taşkil etadi.
Kam taminlangan oilalarga bolalar nafaqasining har oylik miqdori:
- 3 yoşgaça bölgan bitta kiçik farzandi uçun – 360 000 söm,
- 3 yoşdan 18 yoşgaça bölgan bitta farzandi uçun – 275 000 söm,
- oilaning ikkinçi farzandi uçun qöşimça – 165 000 söm;
- oilaning uçinçi va undan keyingi har bir farzandi uçun qöşimça –110 000 söm;
Birorta tovar eksportiga çeklov bölmaydi
8 aprel kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida ötgan dunyoda yuz berayotgan iqtisodiy tebranişlarning Özbekiston soha va tarmoqlariga tasirini yumşatiş çora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yiğilişida 1 iyuldan boşlab birorta tovar eksportiga çeklov bölmasligi aytildi.
Faqat 86 ta tovar guruhiga kirgan xomaşyo va ijtimoiy ahamiyati yuqori mahsulotlarga nisbatan eksport bojlari joriy qilinadi.
Bolalar uçun kontent yaratadiganlar foyda soliğidan ozod qilinadi
Özbekistonda bolalar uçun möljallangan kontentlar yaratuvçi yuridik şaxslar foyda soliğidan ozod qilinadi. Bu haqda joriy yilning 15 may kuni qabul qilingan “Bolalar uçun möljallangan milliy kontentlar yaratiş va ularni ommalaştirişni qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari töğrisida” gi Prezident qarorida keltirilgan.Qarorga köra, respublikada bolalar uçun möljallangan milliy kontentlar işlab çiqariş hamda ularni ommalaştirişning ustuvor yönalişlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
- bolalarda soğlom turmuş tarzi könikmasi, tabiatni asrab-avaylaş, milliy qadriyatlarga hurmat va ona vatanga sadoqat hissini tarbiyalaşga xizmat qiluvçi kontentlar yaratiş;
- bolalar uçun xavfsiz axborot muhitini yaratiş;
- ota-onalar va bolalarni internet tarmoğidagi axborotlarni töğri baholaşga hamda xavfli kontentlarni aniqlaşga yönaltiruvçi mexanizmlarni işlab çiqiş.
- foyda soliği tölaşdan ozod qilinadi;
- ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdorida tölaydi;
- yuridik şaxslarga bolalar uçun möljallangan kontentlar yaratiş bilan boğliq bölgan xarajatlarini foyda soliğini hisoblaşda çegirib taşlaş huquqi beriladi.
Endilikda pasportning elektron şakli ham rasman tan olinadi
Joriy yilning 1 iyul sanasidan boşlab şaxsni tasdiqlovçi va boşqa hujjatlarning elektron şakli rasman tan olinadi. Ularning qoğoz nusxalari banklarda, notarial idoralarda, aeroport, vokzal kabi tegişli hujjatlarni söraydigan taşkilotlarda talab etilmaydi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 27 dekabr kuni qabul qilingan “Aholini ijtimoiy qöllab-quvvatlaşda “ijtimoiy karta” tizimini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorida söz boradi.
Unga köra, “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalaşuv platformasi doirasida şaxsiy hujjatlarning unifikatsiyalangan raqamli servislari joriy etiladi. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining aniqlik kiritişiça, endilikda my.gov.uz'dagi şaxsni tasdiqlovçi, haydovçilik guvohnomasi va boşqa hujjatlarning raqamli (elektron) şakllari rasman tan olinadi. Bunda my.gov.uz platformasi hamda “Ijtimoiy karta” mobil ilovasida uşbu raqamli servislardan foydalaniş imkoniyati yaratiladi va ular Özbekiston Respublikasi hududida majburiy tartibda qabul qilinadi.
Quyidagi hujjatlar röyxatga kiritilgan:
- Özbekiston fuqarosining biometrik pasporti;
- Özbekiston fuqarosining identifikatsiyalovçi ID-kartasi;
- Haydovçilik guvohnomasi;
- Tuğilganlik haqida guvohnoma;
- Nikoh qayd etilganligi haqida guvohnoma;
- Nikohdan ajralganlik haqida guvohnoma;
- Transport vositasining röyxatdan ötkazilganligi töğrisida guvohnoma (texnik pasport, texnik talon);
- Pensiya (nafaqa) guvohnomasi;
- Fuqaroligi bölmagan şaxsning yaşaş guvohnomasi (ID-kartasi);
- Nogironlik töğrisida malumotnoma;
- Transport vositasining majburiy suğurta (fuqarolik javobgarligi) böyiça suğurta polisi;
- Oliy, örta maxsus, kasb-hunar va professional talim olganlik töğrisida davlat namunasidagi rasmiy hujjat;
- Talabalik guvohnomasi;
- Yakka tartibdagi tadbirkorning davlat röyxatidan ötkazilganligi töğrisida guvohnoma;
- Özini özi band qilgan şaxs sifatida röyxatdan ötganligi töğrisida malumotnoma;
- Turar joy obektlarining kadastr pasporti;
- Jismoniy şaxsning şaxsiy avtomototransport vositasini boşqa şaxslarga boşqariş huquqini beruvçi işonçnoma.
86 turdagi tovarlar uçun eksport boji joriy qilinadi
Özbekistonda 2025 yil 1 iyuldan ayrim turdagi xomaşyo tovarlari va ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlarga nisbatan eksport bojxona bojlari joriy etiladi. Bu 14 mart kuni qabul qilingan “Mahsulotlarni eksport qiliş tartib-taomillarini takomillaştiriş va qöşilgan qiymatga ega tayyor mahsulotlar işlab çiqarişni rağbatlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Prezident Farmonida belgilangan.Farmonga köra, eksport tartib-taomillari Jahon savdo taşkiloti qoidalariga muvofiqlaştiriladi. Jahon savdo taşkiloti bilan işlaş böyiça idoralararo komissiya joriy qilinayotgan eksport bojxona bojlari samarasi böyiça har çorakda tahlillar olib boradi.
Farmon bilan 2025 yil 1 iyuldan boşlab 86 turdagi quyidagi tovarlarga eksport bojxona bojlari joriy etildi va ularning stavkalari tasdiqlandi:
- Çarm xomaşyosi va yarim tayyor çarm mahsuloti, ipak xomaşyosi, paxta ip-kalavasi va trikotaj mato tovarlariga
(Amalda mazkur tovarlarni eksport qiliş uçun uyuşmalarning yiğimlari belgilangan bölib, endilikda ular bekor qilindi.) - Göşt mahsulotlari, buğdoy, don, guruç, mineral öğitlar, çarm xomaşyosi, PET çiqindilar, rangli metall lom va çiqindilariga
(Amalda uşbu tovarlarga Özbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Hukumatning qarorlari asosida ruxsat berilgan holda eksport qiliş mumkin edi. Endi uşbu talablar bekor qilindi). - Özbekistonda qöşilgan qiymat yaratiş, qayta işlaş sanoatini qöllab quvvatlaş maqsadida respublikada işlab çiqariladigan strategik xomaşyo mahsulotlariga (tabiiy gaz, paxta tolasi, paxta linti, mineral öğitlar, polietilen, polipropilen, polisterol, polietilentereftalat, PVX, mis xomaşyosi).