Yangi hafta uçun ob-havo malumoti elon qilindi

Yangi hafta uçun ob-havo malumoti elon qilindi
Özbekiston şimolida payşanbaga qadar, mamlakatning boşqa hududlarida esa juma kuniga qadar havo haroratining kundan kunga 1−2 darajadan yuqori kötarilib borişi kutiladi. Dam oliş kunlari esa mintaqaga navbatdagi biroz salqin havo — kuçli şamol va çang tözonlari bilan birga — kirib kelişi oydinlaşmoqda.
Haftaning eng issiq kunlari payşanba va jumaga töğri kelişi prognoz qilinyapti. Juma kuni markazida atmosfera bosimi 995 gPa gaça bölgan juda issiq atmosfera bosimi sohasi Özbekistonning markazidan şimol tomon harakatlanib, ayni aholi ziç istiqomat qiluvçi viloyatlarda +44 darajagaça yuqori issiq haroratni taqdim etişi kutilmoqda.
Manba: Windy.com
Xorijiy ob-havo byurolari malumotida ham juma kuni issiq havo oqimi tasirida aholi ziç istiqomat qiluvçi viloyatlarda örtaça sutkalik havo harorati köp yillik iqlimiy meyordan 5−6 darajagaça yuqori çetlanib ketişi keltirilgan. Bu yozning ayni davri uçun sezilarli issiqlikdir. Xususan, Toşkent şahri aholisi ham juma kuni kunduzi juda issiq haroratdan aziyat çekadi.
Jazirama issiq ortidan haroratni biroz pasaytiruvçi navbatdagi salqin havo oqimi dam oliş kunlari şimoli-ğarb tarafdan asta-sekin mintaqaga kirib keladi. Şimoliy hududlar aholisi juma kunidayoq bu salqinlikdan bahramand böladi. Umuman olganda, joriy haftada bir isib ketiş va keyin salqinroq harorat muhiti kuzatiladi.
Yoğin taqçilligi esa joriy hafta ham davom etadi.
Manba: Meteoinfo.ru
«Özgidromet» prognoziga köra, 30 iyun kuni respublika böylab yoğingarçilik kutilmaydi. Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo harorati maksimumi +39 darajagaça, Surxondaryo va Qaşqadaryo viloyatlarida +41 darajagaça, boşqa hududlarda +37 darajagaça kötarilişi prognoz qilinmoqda. Tungi harorat Buxoro, Navoiy, Qaşqadaryo, Surxondaryo, Andijon, Namangan va Farğona viloyatlarida +25 darajagaça, boşqa hududlarda +22 darajagaça böladi. Toğlarda kunduzgi harorat +30 darajagaça isişi, tunda +12 darajaga salqinlaşişi kutilmoqda.
Sinoptiklar 1−3 iyul kunlari respublika böylab havo haroratining kötarilib borişini malum qilgan. Masalan, seşanba kuni şimol va vodiydan taşqari hududlarda haroratning duşanba kuniga nisbatan 2 darajaga kötarilişi keltirilgan. Şimolda esa kunduz kuni harorat duşanbaga nisbatan 4 daraja kötarilib ketişi, vodiyda esa özgarmasligi körsatilgan.
Çorşanba va payşanba kunlari esa jaziramaning tasiri respublikaga kuçli tasir etib, deyarli barça hududlarda kunduzi havo harorati +40 darajadan yuqori kötarilişi, janubiy hududlar va çöllarda esa +44 darajagaça yetişi oydinlaşgan. Tungi harorat qiymatlari ham asta kötarilib boriş tamoyilida özgarişi, seşanbadan çorşanbaga, ayrim viloyatlarda çorşanbadan payşanbaga ötar keçasi «tropik tun» bölişi keltirilgan. Uşbu kunlari tunda havo harorati köp hududlarda +27…+30 daraja issiq bölişi körsatilgan.
2−3 iyul kunlari köplab viloyatlarda havo oqimlarining örin almaşiş muddatlarida kuçli şamollar kuzatilişi, şamollar kuçayganda uning tezligi soniyasiga 22 metrgaça yetişi prognoz qilinmoqda. Bu kabi kuçli şamol esişi ayni davr uçun kuçli çang böronlarini keltirib çiqarişi mumkin. Uşbu kunlari joylarda yoğingarçilik kutilmaydi.
Juma, şanba va yakşanba kunlari haqida gap ketganda, juma kuni şimolda haroratning sezilarli pasayib ketişi, boşqa viloyatlarda hafta davomidagi eng issiq kun bölişi, poytaxtda havo harorati +44 darajagaça kötarilişini, dam oliş kunlari esa oldingi kunlarga nisbatan haroratning 6−8 darajagaça sezilarli pasayib ketişini taxmin qiliş mumkin.
Juma, şanba va yakşanba kunlari harorat özgarişi va yoğingarçiliklar ehtimoli töğrisidagi sönggi malumotlarini «Özgidromet»ning har kuni yangilanadigan qisqa muddatli ob-havo prognozlari orqali aniqroq bilib oliş mumkin.
«Özgidromet»ning boşqa bir axboroti hamda Yevropa örta va uzoq muddatli ob-havo prognoz markazi (ECMWF)ning prognozlariga köra, hafta (30 iyun — 6 iyul kunlari) davomida respublikaning aholi ziç istiqomat qiluvçi hududlarida ötmiş iyul oylari boşlariga nisbatan ança yuqori harorat kuzatiladi. Ayniqsa, bu toğlarda kuçli seziladi. Şimolliklar tungi biroz salqinlik va hafta söngidagi salqinliklar sabab, iyulni biroz salqin kutib oladi. Yoğingarçilik böyiça respublika hududlarida quruq ob-havo bölişi malum qilingan.
Harorat rejimi va tez özgaruvçan ob-havo muhitining inson salomatligiga tasiri
Joriy hafta boşidagi jazirama issiq kunlar kişilar salomatligiga sezilarli tasir körsatadi. Ayniqsa, haftaning payşanba va juma kunlarida respublikaning juda katta qismida kutilayotgan +40 daraja va undan yuqori harorat foni qariyalar, qon bosimi kasalligi mavjud bemorlarga tasir etadi.
Boşni quyoşdan asraş kerak. Bu muhim ahamiyatga ega. Çunki boş miyadan katta arteriya, vena qon tomirlari ötgan bölib, kunning issiq vaqtida boş yalang yurganda boş qizib, butun tanada issiq qon aylanib, odamni «oftob urişi» mumkin. Buning oqibatida tana haroratining kötarilişi, terining qizarişi, holdan toyiş, nafas oliş va pulsning tezlaşişi, boş oğrişi, boş aylanişi, köngil aynişi, qayt qiliş, huşdan ketiş kabi holatlar kuzatilişi mumkin.
Jazirama kunlarda nima tanovul qilgan maqul? Köp miqdorda suv içiş organizmning yaxşi işlaşiga va suv-tuz balansini meyorlaştirişga yordam beradi. Ammo bunda organizmning suv tanqisligini töldiriş uçun gazlangan yoki nektar suv emas, aksinça, oddiy içimlik suvini istemol qiliş kerak. Şuningdek, issiq kunda yoğli göşt mahsulotlari istemolini kamaytirib, yengil hazm böluvçi taomlar istemolini köpaytiriş maqsadga muvofiq. Qolaversa, meva va sabzavotlar ham organizmda yaxşi singib, içki azolar faoliyatini normallaştirişga yordam beradi.
Tuş payti, soat 12:00 va 16:00 oraliğida imkon qadar taşqariga çiqmagan maqul. Favqulodda vaziyatlar vazirligi şu kunlarda soat 10:00 dan 17:00 orasidagi muddatlarda quyoş nuri tik tuşadigan joylarda harakatlanmaslikni tarğib etib, ogohlantiriş xabari ulaşgan.
Aholi ziç istiqomat qiluvçi hududlarda payşanba va juma, şimoliy hududlarda esa çorşanba va payşanba kunlari kuzatiladigan yozgi jazirama vaqtida issiqlikning organizmga tasirini kamaytiriş böyiça Soğliqni saqlaş vazirligi tavsiyalariga amal qiliş foydadan holi bölmaydi.
Çorşanba va payşanba kunlari şimolda, juma kuni Özbekistonning katta qismida kuçli şamollar kuzatilişidan oldin atmosfera bosimining keskin özgarişi bilan boğliq «barik tubsizlik» hodisasining kuçsiz körinişi yuz berişi mumkin. Atmosfera bosimining keskin özgarişiga moyil kişilar öz salomatligida özgarişlar sezsa, avvalgi materiallardagi tavsiyalarga amal qilişlari maqsadga muvofiq.
Bioiqlimiy şaroitlar
Hafta örtalari va juma kunduzgi muddatlarida, hatto çorşanbaga va payşanbaga ötar keçasi ham aholi juda issiq va dim havo bilan töqnaş keladi. Hafta davomida bir tun bölsa-da, respublika aholisi issiq va dim ob-havoga guvohi bölişi mumkin.
Quyidagi bioiqlimiy kartalarda 3 va 4 iyul kunlari soat 17:00 holatiga Osiyo mamlakatlarining bir vaqtda issiqlikni his qiliş darajasi aks ettirilgan. Unda payşanba kuni Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Surxondaryo viloyatlari, juma kuni Buxoro, Surxondaryo, Samarqand, Navoiy, Sirdaryo, Qaşqadaryo va Toşkent viloyatining aksar hududlari ekstremal issiqlik stresclarini qabul qilişi, boşqaça aytganda, ana şu vaqtda aksar özbekistonliklar arab mamlakatlarining eng issiq hududlari, Pokiston, Afğoniston va Eronning ayrim hududlaridagi jaziramalar ostida yurganlar kabi issiqlik muhitini tanalarida his etişlari mumkinligi körsatilgan.
Töq qizil rangli hududlar issiqlikni eng yuqori his qilayotgan hududlar bölib, bunday rang bilan belgilangan mamlakatlar qatorida Özbekiston ham bor. Manba: ECMWF
Töq qizil rangli hududlar issiqlikni eng yuqori his qilayotgan hududlar bölib, bunday rang bilan belgilangan mamlakatlar qatorida Özbekiston ham bor. Manba: ECMWF

Qanday kiyiniş kerak? Yoz kunlari tabiiy matodan tikilgan, havoni yaxşi ötkazib, quyoş nurini qaytaradigan oç rangli kiyimlar hamda keng tikilgan kiyimlarni tanlaş maqsadga muvofiq. Çunki ular terini nafas olişiga imkon yaratadi hamda tana haroratining kötarilib ketişiga tösqinlik qiladi. Yuqorida takidlanganidek, boş kiyim ham kiyib oliş kerak.
Kosmik tasirlar
Yakşanbada kun davomida va duşanba tongida Quyoş doğlarida M va X sinf kuçli çaqnaşlar kuzatilmadi. Ötgan dam oliş kuni Quyoş fotosforesadagi sokinlik sababmi, duşanba-seşanba kunlari «yaşil» xavf darajasidagi kuçsiz magnit böroni qözğalaşlari prognoz qilinmoqda.
Manba: Xras.ru
Qozoğistondagi Ionosfera instituti elon qilgan geomagnit böroni prognozida ham duşanba va seşanba kunlari sayyora magnitosferasida «yaşil» xavf darajasidagi magnit böroni, çorşanba kunlari «sariq» (biroz xavfli) qözğalişlari taxmin qilingan. Haftaning payşanba va juma kunlari esa «yaşil» magnit böroni xavfi prognoz qilingan.
Manba: Ionos.kz
Hozir dunyoda magnit böronlarini ikki kundan ortiq davr uçun işonçli prognoz qila oladigan vosita va usullar mavjud emas. Şu bois magnit böronlariga tasirçan kişilar öz rejalarini yaqin ikki kunlik magnit böroni prognozi malumotlariga tayanib tuzişi maqsadga muvofiqdir.
Ob-havo özgarişlari bilan boğliq atmosfera ifloslanişi
Joriy hafta örtalarida va juma kuni Özbekistonda havo oqimlarining örin almaşinuvi sabab, kuçli şamol va çang tözon, çang böronlari kötarilişi mumkin. Uşbu davrda havoda mayda RM 10 dispers zarraçalari qisqa muddatga köpayişi ehtimoli yuqori.
Boşqa kunlarda havoning tabiiy ravişda ifloslanişi uçun şaroit mavjud emas.
Bunday muhitda, zarurat tuğilganda, havoda mayda zarraçalar bilan boğliq ifloslaniş ortganida qanday harakat qiliş böyiça Sanitariya-epidemiologiya qömitasi aholining turli yoş qatlamlari va bemorlar uçun tayyorlagan tavsiyalari bilan tanişib qöyiş zarar qilmaydi.
