488 nafar şaxsni afv etiş haqidagi Prezident farmoni – çiroyli imkoniyat!
3-04-2025, 14:31
231 марта

Prezident Şavkat Mirziyoyev 488 nafar mahkumni afv etişga doir Farmonni imzoladi.
Albatta, mazkur farmon avvalo şaxsan şu 488 kişining xayotidagi ijobiy buriliş. Bu ularga yangi imkoniyatlar oçib, ijtimoiy hayotga qayta integratsiya qilişga yordam beradi.
Şu bilan birga, aytiş kerakki, uşbu insonparvarlik namunasi avf etilganlar bilan birga ularninng oilasi va yaqinlariga ham Ramazon hayiti arafasida quvonç olib kelganligi işonçimiz komil.
Bor gap, afv, jamiyatdagi ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlab, insonparvarlikni rivojlantirişga xizmat qiladi.
Afv – adaşkanni töğri yölga boşlaş, yiqilganni suyaş degani
Ramazon oyi – saxiylik, mehr-oqibat va bağrikenglik oyidir. Keçirimlilik — xalqimizga xos xislat. Şunday qutluğ ayyom, muborak Ramazon hayitini nişonlaş arafasida Prezidentimiz tomonidan
488 nafar şaxsning afv etilişi yuzlab mayus közlarga quvonç, murğak qalblarga umid bağişlab, egilgan qomatlarni tikladi.
Bu raqamlar ortida faqat jazodan ozod bölgan insonlar emas, ularning köplab yaqinlari taqdiri yotibdi.
Zero, adaşib yoki xatoga yöl qöyib jinoyat qilgan inson ortidan uning yaqinlari ham taşviş tortadi, aziyat çekadi.
Entikib kutgan bolalar, ahli ayollar, ota-onalarning bağri töldi. Bu Farmon yuzlab kişilarga ozodlik nematini tuhfa qilar ekan ular bugun eng uluğ, eng aziz bayramni öz oilalari bilan birga nişonlaş imkoniga ega böldi.
Avf zamirida keçirimlilik, yuksak insonparvarlik va bağrikenglik namunasi mujassam. Negaki, adolatli jamiyatda aybdorlarni jazoga tortişdan maqsad jazolab yanada aşadiylaştiriş emas, balki ularni töğri yölga qaytariş, yaqinlari bilan birgalikda şu yurtning munosib farzandi bölib yaşaşiga yana bir imkon berişdir.
Aslida tinç-osuda damlarning qadriga yetiş uçun xatoga yöl qöyiş, jinoyat köçasiga kirişga aslo hojat yöq. Ozodlikning qadrini heç narsa bilan ölçab bölmaydi.