Xonanda Jaloliddin Ahmadaliyev ham jarimaga tortildi
11-07-2025, 11:59
469 марта

Xonanda Jaloliddin Ahmadaliyev ham jarimaga tortildi
Xonanda Jaloliddin Ahmadaliyevga mualliflik huquqini buzgani uçun jarima jazosi tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.Qayd etilişiça, vazirlik tomonidan muallif Şoxruh Abduvohidovga tegişli bölgan “Yurak”, “Meni deb oqardi soçlaring ona”, “Közlaringni qizğonma mendan” va “Barçasini Xudoga soldim” nomli şerlar ijroçi Jaloliddin Ahmadaliyev tomonidan huquq egasi ruxsatisiz hamda tegişli tartibda şartnoma tuzmasdan foydalanilgani aniqlangan.
Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 177-1-moddasi (Mualliflik huquqini va turdoş huquqlarni buziş) bilan mamuriy huquqbuzarlik töğrisidagi bayonnoma rasmiylaştirilib, tegişli sudga yuborilgan. Farğona viloyati jinoyat işlari böyiça Danğara tuman sudining qaroriga köra, huquqbuzarga nisbatan Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 177-1-moddasining birinçi qismi bilan jarima jazosi tayinlangan.
Malumot uçun, qonunçilikka muvofiq muallif huquqbuzardan zarar qoplanişi örniga bazaviy hisoblaş miqdorining 20 baravaridan 1000 baravarigaça miqdorda tovon tölaşini talab qilişga haqli hisoblanadi.