2030 yilgaça qişloqlarda asfalt bölmagan yöl qolmaydi – Transport vaziri
14-07-2025, 16:03
97 марта

2030 yilgaça qişloqlarda asfalt bölmagan yöl qolmaydi – Transport vaziri
Özbekistonda 2030 yilgaça qişloqlar va ovullarda asfaltlanmagan yöl qolmaydi. Bu haqda joriy yilning 11 iyul kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasida bölib ötgan navbatdagi hukumat soatida Transport vaziri Ilhom Mahkamov deputat söroviga javoban malum qildi.Hukumat soatida Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi ÖzXDP fraktsiyasi azosi Anvarxon Temirov kuz-qiş mavsumi boşlanişi bilan xalqdan loy va çang yöllar böyiça murojaatlar köpayişini va murojaatlarning asosli ekanini aytib, Ilhom Mahkamovga bu borada qilinayotgan işlar borasida savol bilan murojaat qildi. Şuningdek, deputat içki yöllarning mahalliy hokimliklarga ötkazilayotganini ham aytib, bu yöllarning taqdiriga qanday tasir qilişi borasida vazirga savol bilan yuzlandi.
Vazirning bildirişiça, mahalliy yöllarning hammasi Avtomobil yöllari qömitasining tasarrufidagi yöllar hisoblanadi. Içki yöllar – qişloq va ovullardagi yöllar borasida ham bu borada aniq dastur bor.
“Bizning tasarrufdagi yöllar bölmagan taqdirda ham umumiy siyosatni biz yuritamiz. Mahalliy hokimliklarning böyniga qolgani bilan alohida byudejt parametrida yöllarni tamirlaş işlari böyiça pul belgilab ketiladi. Masalan, hokimliklar tomonidan ajratilgan puldan taşqari ularda qoldiq sifatida qolgan pullar ham asosan yöl tamirlaş uçun işlatiladi”, deydi vazir