Quriliş nazoratçilariga bodikamera va planşet beriladi

“Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida davlat nazoratini samarali taşkil qiliş çora-tadbirlari töğrisida” gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga köra, 2025 yil 1 sentyabrdan har bir qurilayotgan obektning QR-kodli pasportijoriy qilinadi. Bu orqali şaharsozlik subektlari, quriliş muddatlari, şaharsozlik hujjatlari va tasdiqlangan ekspertiza xulosalari haqidagi malumotlarni oliş imkoniyati yaratiladi.
Şuningdek, köp kvartirali uylardagi joylarni, şuningdek, yertölalarni qayta quriş va qayta rejalaştirişda şaharsozlik normalarini buzgan holda köp kvartirali uyning konstruktiv qismlari va tayanç devorlariga özgartiriş kiritiş, buziş hamda binoning zilzilaga bardoşliligiga salbiy tasir qiladigan işlarni amalga oşiriş taqiqlanadi.
2025 yil 1 iyuldan:
- barça içimlik suvi taminoti va oqova suvlarni çiqarib yuboriş tizimi obektlari majburiy tarzda şartnoma asosida texnologik auditdan ötkaziladi;
- bosqiçma-bosqiç hududiy inspektsiyalarda Quriliş obektlarini onlayn kuzatiş markazi taşkil etiladi;
- tajriba-sinov tariqasida 2025 yilda Qaşqadaryo viloyatidagi Davlat byudjeti mablağlari hisobiga yangidan quriladigan obektlarga videokameralar örnatiladi;
- quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida davlat nazoratini amalga oşirişda mobil videokameralar (bodikamera) va maxsus planşetlardan foydalaniladi.