Özbekistonda asosan qanday huquqbuzarliklar sodir etilayotgani oçiqlandi
16-04-2025, 20:13
306 марта

Özbekistonda asosan qanday huquqbuzarliklar sodir etilayotgani oçiqlandi
Joriy yilning I çoragi davomida özbekistonliklar asosan mayda bezorilik va içki işlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik bilan boğliq mamuriy huquqbuzarliklar sodir etgani malum böldi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov malum qildi.Qayd etilişiça, şu yilning dastlabki 3 oyi davomida jinoyat işlari böyiça sudlar tomonidan 162 ming 665 nafar şaxsga nisbatan 138 ming 557 ta mamuriy huquqbuzarlik töğrisidagi iş körib çiqilib, 105 ming 418 nafar şaxsga nisbatan mamuriy jazolar qöllangan. Yaraşgani munosabati bilan 19 ming 201 nafar şaxs mamuriy javobgarlikdan ozod etilgan.
Körilgan işlarning aksariyatini quyidagilar bilan boğliq mamuriy huquqbuzarliklar taşkil etadi:
- mayda bezorilik;
- içki işlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik;
- avtomobil transportida yölovçilar taşiş faoliyati bilan litsenziyasiz şuğullaniş;
- elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalaniş qoidalarini buziş;
- haqorat qiliş;
- savdo yoki xizmat körsatiş qoidalarini buziş;
- jamoat joylarida alkogol mahsulotini istemol qiliş;
- transport vositalarini mastlik holatida boşqariş;
Bildirilişiça, apellyatsiya tartibida 1 924 nafar şaxsga nisbatan 1 632 ta mamuriy huquqbuzarlik töğrisidagi iş körib çiqilgan. 637 nafar şaxsga nisbatan birinçi instantsiya sudlari tomonidan çiqarilgan qarorlar bekor qilinib, 577 nafar şaxsga nisbatan çiqarilgan sud qarorlari özgartirilgan.
Kassatsiya tartibida 2 540 nafar şaxsga nisbatan 2 380 ta mamuriy huquqbuzarlik töğrisidagi iş körib çiqilgan. 1 021 nafar şaxsga nisbatan birinçi instantsiya sudlari tomonidan çiqarilgan qarorlar bekor qilinib, 625 nafar şaxsga nisbatan çiqarilgan sud qarorlari özgartirilgan.
Oliy sudning Jinoyat işlari böyiça sudlov hayati tomonidan taftiş tartibida 467 nafar şaxsga nisbatan 420 ta mamuriy huquqbuzarlik töğrisidagi iş körib çiqilgan. 102 nafar şaxsga nisbatan quyi sudlar tomonidan çiqarilgan qarorlar bekor qilinib, 83 nafar şaxsga nisbatan çiqarilgan sud qarorlari özgartirilgan.