Özbekiston va Rossiya örtasidagi aviaqatnovlar soni haftasiga 1000 taga yetkaziladi
24-07-2025, 10:55
252 марта
Özbekiston va Rossiya örtasidagi aviaqatnovlar soni haftasiga 1000 taga yetkaziladi Özbekiston va Rossiya örtasidagi aviaqatnovlar soni uç barobarga oşirilib, haftasiga mingtaga yetkaziş böyiça kelişuvga erişildi. Bu haqda Özbekiston Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
2025-yilning 21-22-iyul kunlari kunlari Moskva şahrida ikki mamlakat aviatsiya hukumatlari örtasida havo qatnovlarini rivojlantiriş böyiça muzokaralar ötkazildi.
Muzokaralar natijasiga köra quyidagi kelişuvlarga erişildi:
Xususan, har bir mamlakat tayinlangan aviakompaniyalari tomonidan haftasiga
Toşkent—Moskva yönalişida 50 tadan (jami 100 ta);
Samarqand—Moskva yönalişida 23 tadan (jami 46 ta);
Buxoro—Moskva, Urganç—Moskva, Farğona—Moskva, Namangan—Moskva yönalişlarida 14 tadan (jami 112 ta);
Toşkent—Sankt Peterburg, Toşkent—Krasnoyarsk, Toşkent—Soçi yönalişlarida 14 tadan (jami 42 ta);
Termiz—Moskva yönalişida 10 tadan (jami 20 ta);
boşqa barça şaharlar yönalişlarida 7 tadan, yani Rossiya aviataşuvçilari uçun ularning 80 ta xalqaro ayeroportidan Özbekistonning barça xalqaro ayeroportlariga jami 560 ta, Özbekiston aviataşuvçilari uçun Özbekistonning barça xalqaro ayeroportlaridan yuqorida qayd etilganidan taşqari Rossiyaning eng yirik 29 ta xalqaro ayeroportlariga jami 203 ta aviaqatnovni amalga oşiriş huquqini beriş;
şuningdek, aviaqatnovlarni amalga oşiriş çoğida 3 ta parvoz manzilini özida birlaştiruvçi “uçburçak” şakldagi qatnovlarni amalga oşiriş doirasida aviakompaniyalar soni böyiça çeklovlarni bekor qilib, har bir kompaniyaga 5 tagaça şaharni tanlaş huquqini beriş.