Qirğiziston qidirayotgan “Salimboyvaçça” Toşkentda köriniş berdi
27-07-2025, 19:07
673 марта

Qirğiziston qidirayotgan “Salimboyvaçça” Toşkentda köriniş berdi
Xalq orasida “Salimboyvaçça” nomi bilan tanilgan Salim Abduvaliyev joriy yil 12 yanvar kuni soğliğidagi muammolar tufayli qamoqdan ozod qilinganidan buyon ilk bor köriniş berdi. U bugun, 27 iyul poytaxt Toşkentdagi “Yakkasaroy” töyxonasidagi tadbirda iştirok etiş uçun borgani aks etgan video tarqaldi. Ijtimoiy tarmoqlarga sizdirilgan videoda uni sobiq “Alp Jamol” bank egasi Muhiddin Asomutdinov bilan köriş mumkin.
Salim Abduvaliyevning töyxonaga kirib kelişi aks etgan uşbu tasvirlar tarmoqlarda katta muhokamalarga sabab bölmoqda. Boisi u qamoqdan ozod etilişida keltirilgan vajlardagidek videoda soğliğida muammoli odam sifatida körinmagan. Qolaversa, uning aynan qaysi tadbirda iştirok etgani ham hozirça malum emas.
Malumot örnida, Salim Abduvaliyev Özbekistonda 2023 yilning 1 dekabr kuni huquq-tartibot idoralari tomonidan “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari davomida Toşkentning Fayzobod dahasida joylaşgan uyidan olib ketilgan va Jinoyat kodeksining 248-moddasi (öqotar qurolning, öq-dorilarning, öqotar qurol asosiy qismlarining, portlovçi moddalarning, portlatiş vositalarining yoki portlatiş qurilmalarining qonunga xilof muomalasi) 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, unga 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan. Tayinlangan jazoni esa umumiy tartibli koloniyada ötattiriliş belgilangan. Biroq, u kasalligi tufayli joriy 2025 yilning 12 yanvar kuni Jinoyat kodeksining 75-moddasi (Kasallik yoki mehnat qobiliyatini yöqotiş oqibatida jazodan ozod qiliş) tartibida jazodan ozod qilingan va ozodlikka çiqarilgandi.