1 avgustdan boşlab YHQ buzganlik uçun jarimalar oşirildi: yangi miqdorlar
1-08-2025, 08:44
814 марта
1 avgustdan boşlab YHQ buzganlik uçun jarimalar oşirildi: yangi miqdorlar2025 yil 1 avgustdan Özbekistonda bazaviy hisoblaş miqdori (BHM) 10 foizga oşirildi va 412 ming söm etib belgilandi (avvalgi miqdori — 375 ming söm). Bu esa mamuriy javobgarlik çoralariga töğridan-töğri tasir qilib, ayniqsa, yöl harakati qoidalarini buzganlik uçun belgilanadigan jarimalar miqdorini oşirdi.
“Mamuriy javobgarlik töğrisida”gi kodeksga asosan, quyidagi holatlar uçun jarimalar yangi tartibda qöllaniladi:
Tezlikni oşiriş böyiça:
- Belgilangan tezlikni soatiga 20 km gaça oşiriş — BHMning 1 baravari: 412 000 söm;
- 20 km dan 40 km gaça oşiriş — BHMning 5 baravari: 2 060 000 söm;
- 40 km dan ortiq oşiriş — BHMning 9 baravari: 3 708 000 söm.
- Mast holda haydaş — BHMning 25 baravari: 10 300 000 söm;
- Qoraytirilgan oyna (ruxsatnomasiz) — BHMning 25 baravari: 10 300 000 söm;
- Uşbu qoidabuzarlikni 1 yil içida takroran sodir etiş — BHMning 40 baravari: 16 480 000 söm.
Yöl harakatidagi boşqa qoidabuzarliklar uçun jarimalar:
- YTH joyidan ketib qoliş — BHMning 15 baravari: 6 180 000 söm;
- Haydaş huquqiga ega bölmagan şaxsning transport boşqarişi — BHMning 5 baravari: 2 060 000 söm;
- Rulda telefondan foydalaniş — BHMning 3 baravari: 1 236 000 söm;
- Notöğri töxtaş yoki töxtab turiş — BHMning 2 baravari: 824 000 söm;
- Temiryöl kesişmasidan qoidabuzarlik bilan ötiş — BHMning 3 baravari: 1 236 000 söm
(şu bilan birga 1,5 yildan 3 yilgaça haydaş huquqidan mahrum etiş çorasi ham qöllaniladi); - Svetoforning qizil çiroğiga itoat etmaslik — BHMning 2 baravari: 824 000 söm;
- Svetoforda töxtaş çiziğini bosib ötiş — BHMning 0,5 qismi: 206 000 söm.
Mayda qoidabuzarliklar uçun:
- Heç qanday sababsiz tovuş signali beriş — BHMning 1 baravari: 412 000 söm;
- Piyodalar yölagida maşina haydaş — BHMning 0,5 qismi: 206 000 söm;
- Yöl belgilariga rioya qilmaslik — BHMning 0,5 qismi.
- Haydovçi guvohnomasi yoki transport hujjatlari yöq bölsa — BHMning 1 baravari;
- Işonçnomalar yoki ijara şartnomalarini röyxatdan ötkazmasdan haydaş — BHMning 1 baravari;
- Majburiy suğurtasiz haydaş — BHMning 2 baravari: 824 000 söm.