Özbekiston Prezidenti amaliy taşrif bilan Turkmanistonga jönab ketdi
4-08-2025, 15:32
304 марта
Özbekiston Prezidenti amaliy taşrif bilan Turkmanistonga jönab ketdi Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning taklifiga binoan 4 avgust kuni BMTning Dengizga çiqiş imkoni bölmagan rivojlanayotgan mamlakatlar böyiça uçinçi konferentsiyasida iştirok etiş uçun amaliy taşrif bilan uşbu mamlakatga jönab ketdi.
Avazada bölib ötadigan konferentsiyada transport jihatidan özaro boğliqlikni mustahkamlaş va savdo tartib-taomillarini soddalaştiriş, iqtisodiy transformatsiya, iqlim özgarişiga va atrof-muhit uçun xatarlarga bardoşlilikni oşiriş, Barqaror rivojlaniş maqsadlariga erişiş masalalari körib çiqiladi.
Avaza siyosiy deklaratsiyasi va harakatlar dasturining qabul qilinişi közda tutilgan.
Şuningdek, Prezidentimiz Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinçi Maslahat uçraşuviga tayyorgarlik köriş masalalariga bağişlangan tadbirda iştirok etadi va qator ikki tomonlama muzokaralar ötkazadi.
