Mirziyoyev Turkmanboşida “Arqadağ” bilan uçraşuv ötkazdi
4-08-2025, 20:42
304 марта

Mirziyoyev Turkmanboşida “Arqadağ” bilan uçraşuv ötkazdi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev bugun, 4 avgust kuni Turkmanboşi şahriga borgaç, Turkman xalqining milliy yetakçisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uçraşuv ötkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Suhbat avvalida Özbekiston rahbari Berdimuhamedovni BMTning Dengizga çiqiş imkoni bölmagan rivojlanayotgan mamlakatlar böyiça uçinçi konferentsiyasi yuksak saviyada ötkazilayotgani bilan samimiy qutlab, uning kun tartibiga kiritilgan masalalar mintaqaning barqaror taraqqiyoti uçun ğoyat muhim ahamiyatga ega ekanini alohida takidladi.
Joriy yilning aprel oyida Samarqand şahrida ötgan uçraşuvda erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş doirasida Özbekiston-Turkmaniston yaxşi qöşniçilik va strategik şeriklik munosabatlarini yanada mustahkamlaşning dolzarb masalalari körib çiqildi. Döstlik, özaro işonç va umumiy manfaatlarni hisobga oliş tamoyillariga asoslangan köp qirrali hamkorlik surati ortib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
Bölajak oliy darajadagi uçraşuvlarga tayyorgarlik doirasida hukumatlararo komissiyalar yiğilişlari, Işbilarmonlar kengaşi, Hududlar forumi, qator madaniy tadbirlar ötkazilişi közda tutilgan.
Şuningdek, BMT konferentsiyasi kun tartibi hamda joriy yil kuzda Toşkent şahrida ötkazilişi rejalaştirilgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinçi Maslahat uçraşuvi yuzasidan atrofliça fikr almaşildi.
Malumot uçun, yil boşidan buyon ikki davlat örtasida tovar ayirboşlaş 600 million dollarni taşkil etdi. Sanoat, energetika, transport, qişloq va suv xöjaligi, iqtisodiyotning boşqa tarmoqlarida kooperatsiya çuqurlaşib bormoqda. Birgalikda “Şovot-Toşovuz” çegaraoldi savdo zonasi taşkil etilmoqda, faol hududlararo aloqalar va gumanitar almaşinuvlar davom ettirilmoqda.