Şavkat Mirziyoyev BMT boş kotibi Antoniu Guterriş bilan uçraşdi
5-08-2025, 17:39
227 марта
Şavkat Mirziyoyev BMT boş kotibi Antoniu Guterriş bilan uçraşdiBugun, 5 avgust kuni Turkmanistonda BMTning dengizga çiqiş yöliga ega bölmagan rivojlanayotgan mamlakatlar böyiça 3-konferentsiyasi bölib ötdi. Tadbir doirasida Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev BMT boş kotibi Antoniu Guterriş bilan uçraşdi.
Prezident matbuot xizmati xabar berişiça, uçraşuvda global va mintaqaviy taraqqiyotning dolzarb masalalari, şu jumladan BMT Boş Assambleyasining bölajak 80-yubiley sessiyasini ötkaziş masalalari muhokama qilindi.
Şavkat Mirziyoyev BMT boş kotibining xalqaro tinçlik va barqarorlikni taminlaş, BMT va uning asosiy institutlarini zamonaviy voqelikka moslaştiriş maqsadidagi islohotlar borasidagi taşabbuslarini qatiy qöllab-quvvatladi.
Muloqotda Özbekiston bilan BMT örtasidagi köp qirrali hamkorlikni yanada kengaytiriş, Guterrişning ötgan yil iyul oyida Özbekistonga qilgan taşrifi çoğida erişilgan kelişuvlarni amalga oşirişga alohida etibor qaratildi.
Bugungi kunda 160 ta qöşma dastur va loyiha muvaffaqiyatli amalga oşirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Sönggi bir neça yilda Özbekiston taşabbusi bilan BMT Boş Assambleyasining 13 ta rezolyutsiyasi qabul qilindi. Joriy yilda taşkilotning asosiy tuzilmalari va institutlari, jumladan, BMT—Xabitat va YuNISEF rahbarlari Özbekistonga taşrif buyurdi, Toşkentda “BMT—Ayollar” tuzilmasining vakolatxonasi oçildi.
Qayd etilişiça, Samarqand şahrida YuNESKO Boş konferentsiyasining 43-sessiyasiga qizğin tayyorgarlik körilmoqda.
Manbaga köra, Özbekiston global barqaror rivojlaniş maqsadlari (BRM) indeksi böyiça eng ilğor beşta davlat qatoriga kirgan. BRMga erişiş nuqtai nazaridan BMT bilan hamkorlik böyiça yangi beş yillik dastur imzolanişi kutilmoqda.
Uçraşuvda Markaziy Osiyoda integratsiyani çuqurlaştiriş, Afğonistonni mintaqaviy hamkorlik jarayonlariga jalb etiş masalalari ham muhokama qilindi.
Uçraşuv yakunida tomonlar amaliy hamkorlikni yanada rivojlantiriş va qöşma dastur hamda loyihalarni kengaytirişga tayyor ekanini takidladilar.