Davlat rahbarlari Avazadagi milliy pavilonlarni borib kördilar
5-08-2025, 21:51
419 марта
Davlat rahbarlari Avazadagi milliy pavilonlarni borib kördilar BMTning Dengizga çiqiş imkoni bölmagan rivojlanayotgan mamlakatlar böyiça konferentsiyasi doirasida davlat rahbarlari Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarbayjon milliy kunlariga bağişlangan tadbirlarda iştirok etdilar.
Milliy kunlar mintaqa xalqlarining boy madaniy merosini, mustahkamlanayotgan qöşniçilik aloqalarini va kengayib borayotgan madaniy-gumanitar hamkorligini namoyiş etiş maqsadida uyuştirildi.
Bu yerda ananalar va hunarmandçilikka bağişlangan, madaniyat, sanat va turizm sohalaridagi zamonaviy yutuqlar aks etgan milliy pavilonlar oçilgan. Şuningdek, milliy taomlar körgazmasi va pazandaçilik böyiça mahorat darslari taşkil etilgan.
Ananaviy özbek hovlisi körinişida qurilgan Özbekiston paviloni taşrif buyuruvçilarda yorqin taassurot qoldirdi.
Tadbir mintaqaviy öziga xoslik va madaniy rang-baranglikning navbatdagi namunasi sifatida özaro anglaşuvni mustahkamlaşga hamda Markaziy Osiyoni tinçlik, barqarorlik va farovonlik makoni sifatida namoyon etişga xizmat qildi.







