Endi iş beruvçi nomzodni rad etsa heç qanday javobgarlikka tortilmaydi
9-08-2025, 19:54
599 марта
Endi iş beruvçi nomzodni rad etsa heç qanday javobgarlikka tortilmaydi Prezident farmoni bilan, endi iş beruvçilar bandlik organlariga mavjud vakansiyalar haqida hisobot berişga majbur emas. Bu haqda Bandlik vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Şuningdek, bandlik organi yöllanmasi bilan böş iş örniga kelgan nomzodni işga qabul qilmagan taqdirda, iş beruvçi sabab keltirişi şart emas va bu uçun mamuriy javobgarlikka tortilmaydi.
Ilgari qonunçilikda iş beruvçi böş iş örinlari haqida hisobot bersa, bandlik markazi yuborgan nomzodni rad etganda mamuriy jazo qöllanilişi mumkin edi. Şu bois köp iş beruvçilar vakansiya haqida malumotni oçiq taqdim etmagan. Yangi farmon bilan mazkur qoida bekor qilindi.
Mehnat bozorida iş beruvçilar va talabgorlarni bir-biriga boğlaş maqsadida “Loyiha guruhi” taşkil etilib, bu tizim dastlab Toşkent şahrida, keyinçalik butun respublika böylab tatbiq etiladi.
Platformaning mohiyati:
—iş beruvçilar böş iş örinlari töğrisidagi haqqoniy malumotlarni joylaydi;
—iş izlayotgan fuqarolar özlari töğrisidagi malumotlarni kiritadilar;
—"Loyiha guruhi" dastlabki saralaşni amalga oşiradi va iş beruvçilarga eng munosib nomzodlarni taklif qiladi;
—iş beruvçi öziga maqbul mutaxassislarni mustaqil tanlab oladi.