Özbekistonda haftaning ikkinçi yarmida havo harorati 34 darajagaça tuşadi
11-08-2025, 13:09
226 марта
Özbekistonda haftaning ikkinçi yarmida havo harorati 34 darajagaça tuşadi«Özgidromet» prognozlariga köra, haftaning ikkinçi yarmida havo nisbatan salqinlaşadi.
11—12 avgust kunlari Özbekiston hududi böyiça asosan kam bulutli va issiq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati asosan 38–40 daraja, janubda 42 darajagaça böladi. Faqat şimoli-ğarbiy viloyatlarda va çöl hududlarida ertaga kunduzi harorat 2–3 darajaga pasayadi.
13 avgust, çorşanba kuni haroratning pasayişi Özbekistonning barça hududlariga tarqaladi. Biroq issiqning sezilarli darajada pasayişi iş haftasining ikkinçi yarmida kutilmoqda. Şu kunlarda respublika hududining katta qismida harorat 34–37 darajagaça, faqat eng çekka janubda 40 darajagaça pasayadi.
Uşbu kunlarda yoğingarçilik kutilmaydi. Faqat Qoraqalpoğiston Respublikasida 13 avgust kuni bazi joylarda qisqa muddatli yomğir yoğişi, momaqaldiroq bölişi mumkin.
Şamol 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ayrim joylarda 13–18 metr/sekundgaça kuçayişi, çanğ-tözon bilan kuzatilişi mumkin.