Bugundan barça maktablarda reyd boşlanadi
15-08-2025, 08:59
812 марта

Bugundan barça maktablarda reyd boşlanadi
Özbekistondagi barça talim muassasalarida majburiy mehnat yuzasidan nazorat tadbirlari (reydlar) ötkaziladi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi malum qildi.Bildirilişiça, bugun, 15 avgust sanasidan boşlab, butun respublika böyiça maktab va maktabgaça talim muassasalarida “Majburiy mehnatga qarşi kuraşiş haftaligi” elon qilinadi. Mehnat inspektsiyasi barça talim muassasalarida nazorat tadbirlari ötkazadi.
“Sönggi kunlarda öqituvçi va murabbiylarni majburiy mehnatga jalb etiş holatlari böyiça elon qilinayotgan xabarlar fuqarolarimizning mehnat huquqlari daxlsizligi xavf ostidaligini körsatmoqda”, deyiladi xabarda.Qayd etilişiça, OAV va ijtimoiy tarmoqlarda yoritilgan 10 ga yaqin öqituvçi va murabbiylarni majburiy mehnatga jalb etiş holatlari tasdiğini topib, aybdor mansabdor şaxslarga nisbatan mamuriy javobgarlik çoralari qöllanilgan. Tegişli vazirlik va idoralarga qonunbuziliş holatlarining kelib çiqiş sabablarini örganiş hamda ularning kelib çiqişiga imkon beruvçi şart-şaroitlarni bartaraf etiş yuzasidan taqdimnoma kiritilgan.
Takidlanişiça, haftalik doirasida nafaqat iş beruvçilar, balki majburiy mehnatga yöl qöygan barça masul mansabdor şaxslarga nisbatan ham javobgarlik çoralari qöllaniladi.