Xorazmlik samboçi Mavluda Abdullayeva Butunjahon öyinlari kumuş medali sohibasi
15-08-2025, 10:07
356 марта
Xorazmlik samboçi Mavluda Abdullayeva Butunjahon öyinlari kumuş medali sohibasiÇendu şahrida bölib ötayotgan Butunjahon öyinlarida sambo bellaşuvlari Özbekiston terma jamoasi uçun muvaffaqiyatli yakunlandi.
Xorazmlik samboçi qizimiz Mavluda Abdullayeva musobaqada kumuş medalga sazovor böldi. Bu natija nafaqat sporçimiz, balki Xorazm sporti tarixida ham munosib örin egallaydi.
Umuman, Özbekiston samboçilari Butunjahon öyinlarini 3 ta oltin, 2 ta kumuş va 3 ta bronza medali bilan yakunladi.
Mavluda Abdullayevaning yutuği Xorazm yoşlari uçun katta ruhlantiruvçi namuna böldi.