USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbeklar hind aktyori Rişi Kapurni qanday qörqitgan edi?

217 марта

Özbeklar hind aktyori Rişi Kapurni qanday qörqitgan edi?

Hind kinosining maşhur aktyori, rejissyori va prodyuseri bölgan Raj Kapurning örtança öğli Rişi Kapur (1952-2020) hind kinosi tarixida çuqur iz qoldirgan. U aktyor, rejissyor, prodyuser, eng muhimi, hind kinosidagi eng sevimli aktyorlardan biri edi. Rişi Kapur tört marta Filmfare Awards milliy kino mukofotini qölga kiritgan. U ötgan asrning 70–80 yillari yoş avlodining kumiri, kinodagi rollari orqali sevgi, sadoqat, muhabbat, ezgulik, yaxşilik ulaşgan edi...

Rişi Kapurni sobiq ittifoq hududida, ayniqsa Özbekistonda bilmagan odam kam edi. U juda çiroyli, istarasi issiq aktyor bölgan. Özbekistonda «Bobbi» nomi bilan maşhur edi. Öşa davr yoşlari hind kinosining aşaddiy şaydosi bölib, ayniqsa Kapurlar sulolasini yaxşi körişardi. Ayniqsa, Rişi Kapur iştirokidagi filmlarni qayta-qayta körişardi, uning suratlarini saqlab yurişar, qöşiqlarini magnitafon tasmasiga yozib olib eşitişardi. Qolaversa, bu aktyorning kiyimlari va soç turmagiga havas qilişib, unga öxşaşga intilişardi. Yoşlar şaxsiy kundaliklariga (qalin jildli 48 yoki 96 varaqli daftarlariga) hind kinosi yulduzlari, ayniqsa Rişi Kapur töğrisidagi malumotlarni yozişar, gazeta-jurnallardan olingan suratlar va maqolalarni ixçam va çiroyli qilib yelimlab yopiştirişardi.

Bir oyda bir marta naşr etiladigan «Kino» jurnali Bollivud haqida 3-4 sahifasi yoritardi, jurnalni gazeta dökonlaridan topiş qiyin edi. Uni topganlarga iltimos qilişib, galma-galdan öqişardi.

Rişi Kapur jahonda tanilgan Kapurlar sulolasida otasi Raj Kapurdan keyingi poğonani egallagan desam mubolağa bölmaydi. U maşhur kinoaktyorlar: amakilari Şammi va Şaşi Kapur, akasi Randxir, ukasi Rajiv Kapurlarga qaraganda har tomonlama maşhur edi. Raj Kapurning kinodagi «vorisi» sifatida tan olingan Rişi Kapurni «Çintu» ham deb çaqirişgan.

Rişi Moskva Xalqaro kinofestivalida, Toşkentda ötkazilgan Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari Xalqaro kinofestivallarida qatnaşgan. U birinçi bor Toşkentga otasi bilan kelgan edi. Öşanda Raj Kapur samolyotdan tuşişi bilan özbek muxlislari uni kötarib olişgan. Buni körgan Rişi Kapur qörqib ketib, samolyotga qaytib kirgan.

2006 yilda Özbekistonning Samarqand, Buxoro, Namangan şaharlarida Raj Kapurga bağişlangan qöşiq bayramlari bölib ötdi. Öşanda Rişi akasi Randxir bilan birga kelgan va tadbirlarda qatnaşgan. U 2015 yili Toşkentdagi «Bollivud yulduzlari» kontsert dasturida ham qöşiqlar ijro etgan.
Rişi Kapur Özbekistonda köp bölganini takidlab, davr-zamon özgargani, lekin özbeklarning hindlarga nisbatan şijoati, hurmati va muhabbati özgarmaganligini tan olgan...

Bu aktyorning yutuqlari haqida juda köp gapiriş mumkin. U yuzdan ortiq filmda suratga tuşgan. 1973–2000 yillarda 92 ta kartinada, asosan, romantik kinoasarlarda boş qahramon rolini ijro etgan. Özbek kinomuxlislariga taniş bölgan va sevib köradigan filmlari: «Mening ismim masxaraboz» (1970), «Bobbi» (1973), «Qasoskor» (1976), «Amar, Akbar, Antoni» (1977), «Qöşiqlar ohangida» (1979), «Aşaddiy yolğonçi» (1979), «Qarz» (1980), «Hammol» (1982), «Sevgi kasali» (1982), «Sehrli brilliant» (1986), «Çandni» (1989), «Qora şahzoda Ajuba» (1991), «Devona» (1992), «Jonim fido» (2006), «Közi söqir muhabbat» (2006)...
Kinodagi debyuti – otasi Raj Kapur suratga olgan «Mening ismim masxaraboz» (1970) filmida boş qahramon Rajuning yoşligini öynagan, boş qahramonni Raj Kapurning özi ijro etgandi.

Filmni suratga oliş boşlanganda Rişi Kapur 11 yoşda edi. Otasi Raj Kapurda moliyaviy muammolar tufayli 6 yil davomida suratga olingan. Yoş bölişiga qaramasdan Rişi rolni alo darajada öynagan. Film köplab sovrinlar olib, katta muvafaqqiyatlarga erişdi. Undagi yoş Raju roli uçun Rişi Kapur AQŞda ötkazilgan hind kinofestivalida Milliy mukofot – «eng yaxşi aktyor» sovrinini qölga kiritgan.
Rişi Kapur mukofotni otasiga topşirmoqçi böladi. Raj Kapur esa özining otasi, yani Rişining bobosi, teatr va kino aktyori Pritxviraj Kapurga körsatadi. Pritxviraj Kapur nevarasining yutuğidan judayam xursand bölib, yaxşi niyatlar tilaydi va katta kinoga kirib kelganligi bilan tabriklaydi...
1973 yili suratga olingan «Bobbi» kinoprokatda katta «şov-şov» kötardi.

Jumladan, uni sobiq ittifoq hududi kinoteatrlarida 62 mln dan oşiq tomoşabin kördi. «Bobbi» filmi boş roli uçun maşhur Filmfare Awards kino sovrinini qölga kiritdi...
Rişi Kapur 2006 yil Mavrikiyda ötkazilgan tantanada faoliyatida erişgan yutuqlari uçun Zee Cine Awards yuksak mukofotiga ham loyiq topilgan.

Qiziqarli dalillardan biri: Rişi Kapurning kinodagi rasmiy debyuti 1970 yil hisoblanadi. Aslida u kinoda 3 yoşligida otasi suratga olgan va boş rolda qatnaşgan maşhur «Janob 420» (1955) filmida qatnaşgan. Nafaqat Rişi, balki Raj Kapurning uç farzandi: tönğiç öğli Randxir (8 yoş), qizi Ritu Nanda (7 yoş) va qahramonimiz Rişi (3 yoş) epizodik rolda qatnaşişgandi. «Janob 420» filmida boş qahramonlari Raj (Raj Kapur) va Rita (Nargis) yomğirda «Bizga muhabbat keldi» qöşiğini ijro etayotgan paytda köçadan ötayotgan uç bola öşalardir. Darvoqe, «Janob 420»da Pritxviraj Kapur ham epizodda çiqqan. Uşbu film uç avlod vakili qatnaşgan film edi...
Rişi Kapur 2020 yil uzoq davom etgan oğir leykemiya kasalidan söng, 68 yoşida olamdan ötgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: