USD: 11,973 söm ▲ EUR: 13,437 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 16,113 söm ▲ CNY: 1,796 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,260 söm ▲ USD: 11,973 söm ▲ EUR: 13,437 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 16,113 söm ▲ CNY: 1,796 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,260 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistonda gaz qazib oliş hajmi rekord darajada kamaydi

232 марта

Özbekistonda gaz qazib oliş hajmi rekord darajada kamaydi

Joriy yil yanvar–iyul oylarida mamlakatda ötgan yilning şu davriga nisbatan 884 million kub metrga kam gaz qazib olindi. Bu haqda Statistika qömitasi hisobotida qayd etilgan.

Yetti oy mobaynida Özbekistonda 25,3 milliard kub metr tabiiy gaz qazib olindi. Bu sönggi sakkiz yilning mos davrlari uçun eng past körsatkiç hisoblanadi. Masalan, 2024 yilning birinçi yetti oyida bu körsatkiç 26,2 milliard kub metrni taşkil etgan bölsa, bu yil 3,4 foizga pasayiş kuzatildi. Olti yil avval esa gaz qazib oliş hajmlari hozirgidan qariyb 10 milliard kub metrga köp bölgan.


Soliştiriş uçun, ötgan yillarda yanvar–iyul oylarida gaz qazib oliş hajmi quyidagiça bölgan:
  • 2017 yil — 32,2 mlrd kub metr
  • 2018 yil — 35,1 mlrd kub metr
  • 2019 yil — 35,4 mlrd kub metr
  • 2020 yil — 29 mlrd kub metr
  • 2021 yil — 30,7 mlrd kub metr
  • 2022 yil — 30,3 mlrd kub metr
  • 2023 yil — 27,4 mlrd kub metr
Joriy yilda gaz qazib oliş sezilarli kamayganiga qaramay, mahsulot eksporti oşirildi. Xususan, yanvar–iyul oylarida xorijga 438,6 million dollarlik gaz sotilgan. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 38,2 foizga köp. Şu vaqt içida mamlakat 734 million dollarlik gaz import ham qilgan.

Respublikada aholiga gaz işlab çiqariş narxidan arzon sotilgani uçun davlat byudjetidan zararni qoplaş maqsadida subsidiya tölab kelinmoqda. 2025 yilda bu maqsadga 7 trln söm yönaltirilişi belgilangan. 2026 yilda gazga 5,9 trln söm, 2027 yilda esa 5,5 trln söm subsidiya ajratilişi rejalaştirilgan.

2024 yil 18 dekabr kuni Senat yalpi majlisida Boş vazir örinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri Jamşid Qöçqorov gazga subsidiya qaçon töxtatilişini malum qilgan edi:

“Subsidiyalaş 2025–2026 yillarda ham davom etadi, 2027 yilda keskin pasayadi. 2028 yildan boşlab esa subsidiyalar byudjetdan berilmaydi”, — degan hukumat vakili.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: