“Arqadağ” Mirziyoyevga tuya va bötaloq sovğa qildi
23-08-2025, 01:02
241 марта

“Arqadağ” Mirziyoyevga tuya va bötaloq sovğa qildi
Bugun, 22 avgust kuni Turkmanistondagi amaliy taşrifning madaniy dasturi doirasida Prezident Şavkat Mirziyoyev, Turkman xalqining milliy yetakçisi, Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev birgalikda “Avaza” kongress markazi yonidagi maxsus maydonga taşrif buyurdi. Bu haqda Özbekiston Prezidentining matbuot xizmati xabar berdi.Oliy martabali mehmonlarga “Galkiniş” milliy ot sporti jamoasi “Axaltekin” zotli tulporlarining çiqişlari namoyiş etildi.
Turkman xalqining milliy yetakçisi Özbekiston xalqiga çuqur hurmat-ehtirom ramzi sifatida Özbekiston rahbariga tökin-soçinlik va farovonlik ramzi bölgan tuya va bötaloqni sovğa qildi.