Özbekistonda çiqindi taşuvçi elektr motorollerlardan foydalaniş boşlandi
25-08-2025, 11:15
346 марта
Özbekistonda çiqindi taşuvçi elektr motorollerlardan foydalaniş boşlandiElektr motorollerlar tizimi dastlab Samarqandda sinov tariqasida işga tuşirildi.
Ekologiya vazirligi huzuridagi Çiqindilarni boşqariş va tsirkulyar iqtisodiyotni rivojlantiriş agentligi tomonidan sohada olib borilayotgan işlarni Samarqand viloyati misolida taniştiriş maqsadida 21-22 avgust kunlari press-tur taşkil etildi. Bu haqda Çiqindilarni boşqariş agentligi Matbuot xizmati xabar qildi.
Jarayonda 20 dan ortiq ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi. Dastlab, respublikada tajriba tariqasida ilk bor Samarqand şahrida joriy etilgan yangi tizim — çiqindi taşuvçi elektr motorollerlar faoliyati bilan taniştirildi.
Jumladan, şaharning “Qöşhovuz” va “Urguti” MFYlari misolida sanitar tozalaş xizmatida tor köçalarda harakatlanişda ixçam, ham soha vakillari, ham aholi uçun har tomonlama qulay bölgan uşbu texnikalarning afzalliklari haqida masullar tomonidan batafsil malumotlar berildi.
Elektrli motorollerlarning 2 kişili salonida yoz va qiş fasllariga moslaştirilgan sovitiş hamda isitiş tizimlari yaratilgan.
Benzinli motoroller 6 litr benzin sarfi bilan 1 tonnagaça (3,5 kub.l) çiqindini 100 km masofaga bemalol taşiy oladi.
Elektrli motorollerlarda esa 150 amperli 72 voltli quvvatlagiç joylaştirilgan bölib, 1 tonna yukni 60-80 km masofaga taşib boriş xususiyatiga ega. Muhim jihati barça texnikalarga 1 yil kafolat muddati mavjud.