USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Vazirlik "Open byudjet"ga ovoz beriş bilan boğliq firibgarlikdan ogohlantirdi

139 марта

Vazirlik "Open byudjet"ga ovoz beriş bilan boğliq firibgarlikdan ogohlantirdi


Ijtimoiy tarmoqlarda norasmiy Telegram-botlar orqali “Taşabbusli byudjet”ga ovoz beriş evaziga pul vada qilinib, köplab fuqarolar aldanayotgani malum böldi.
Sönggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda norasmiy Telegram botlari orqali “Taşabbusli byudjet” jarayonlarida ovoz beriş evaziga pul mukofotlari taklif etiş holatlari keng tarqalib, turli bahs va munozaralarga sabab bölmoqda. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
"Vada qilingan mablağlar berilmayotgani böyiça fuqarolar tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligiga yuzlab murojaatlar kelib tuşmoqda. Uçinçi şaxslar loyihalarga ovoz töplaş maqsadida pul mablağlari vada qilgan holda fuqarolardan ovoz töplab, keyinçalik mukofotlarni bermasligi holatlari kuzatilmoqda", - deyiladi xabarda.
Vazirlikning eslatişiça, “Taşabbusli byudjet” jarayonlarida ovoz beriş faqatgina:
 “Oçiq byudjet” (https://openbudget.uz/home) axborot portali; Telegramdagi rasmiy bot (https://t.me/ochiqbudjetbot); portalning Android (https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.minfin.open_budget); iOS (https://apps.apple.com/uz/app/open-budget-uz/id6447674229) tizimlarida işlovçi mobil ilovalari orqali amalga oşiriladi.
Amaldagi tartibga köra, berilgan ovozlar uçun heç qanday tölov talab etilmasligi bilan bir qatorda heç qanday moddiy rağbatlantirişlar ham nazarda tutilmagan, deya qöşimça qilingan xabarda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: