Özbekistonda haroratni mötadillaştiruvçi “aqlli” plyonka işlab çiqariş yölga qöyiladi
20-04-2025, 14:01
466 марта

Özbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda issiqxonalar uçun haroratni mötadillaştiruvçi “aqlli” plyonka işlab çiqariş yölga qöyiladi. Bu haqda Fanlar akademiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Malum qilinişiça, Fanlar akademiyasi Materialşunoslik instituti olimlari tomonidan dunyoda ilk bor issiqxonalar uçun möljallangan plyonkalar tarkibiga qöşiluvçi, haroratni mötadillaştiriş vazifasini bajaradigan nano-kompozit zarraçalar sintez qilindi.
Bu nano-zarraçalar quyoş nurining ultrabinafşa nurlanişini yaqin infraqizil diapazonga aylantiradi. Şu bilan birga, bunday fotonlarning issiqlik energiyasi 17-22 darajaga teng böladi. Natijada taşqi harorat 3-7 daraja sovuq bölgan holatda ham, issiqxona içidagi harorat qöşimça qizdirişsiz 5-7 daraja iliq haroratgaça saqlanadi(odatiy plyonkalarda bu körsatkiç 0-2 daraja böladi). Issiq kunlarda esa issiqxona içidagi harorat 5–8 darajaga pasayadi