Mirziyoyev Özbekiston Milliy muzeyining tamal toşini qöydi
27-08-2025, 18:29
191 марта

Mirziyoyev Özbekiston Milliy muzeyining tamal toşini qöydi
Prezident Şavkat Mirziyoyev bugun, 27 avgust kuni Özbekiston Milliy muzeyi qurilişiga tamal toşi qöydi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Taşrif çoğida davlat rahbariga uşbu inşoot loyihasi va xususiyatlari, quriliş bosqiçlari haqida axborot berildi. Muzey Madaniyat va sanatni rivojlantiriş jamğarmasi şafeligida Yaponiyaning “Tadao Ando Arçitect & Associates” arxitektura byurosi hamda Germaniyaning “Atelier Brückner” kompaniyasi tomonidan loyihalaştirilgan. Uning taşqi qiyofasi aylana, tört burçak va uç burçak şaklida bölib, Şarq va Ğarb madaniyatini özida uyğunlaştiradi. Majmua 3 qavatli muzey, 2 qavatli yertöla hamda yordamçi binolardan iborat böladi. Xitoyning “CSCEC International Construction” kompaniyasi tomonidan quriladi.

Poytaxtda uşbu muzey qurilişiga bağişlangan marosim bölib ötdi. Şu munosabat bilan Özbekiston Milliy boği yaqinidagi maydonga madaniyat va sanat namoyandalari, olimlar va adiblar, nuroniylar, jamoatçilik vakillari yiğildi.
“Hamma sohada rivojlaniş bilan birga qadriyatlarimizni tiklaşga harakat qilyapmiz. Islom tsivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy majmuasi, Olimpiya şaharçasi kabi ulkan inşootlar quryapmiz. Buning zamiridagi asosiy maqsad şuki, bu binolar xalqimizga mulk bölib qolişi kerak. Mana endi yana bir tarixiy majmua – Özbekiston Milliy muzeyi qurilişini boşlayapmiz. Bu muzey uç ming yillik boy tariximizni odamlarga, dunyo hamjamiyatiga va kelajak avlodga yetkazadigan ilm-marifat va madaniyat maskani böladi”, dedi Şavkat Mirziyoyev.
Qayd etilganidek, hozir birgina Toşkentdagi 30 ta muzeyda 1 milliondan ziyod eksponat bor. Ularning 100 mingi Davlat sanat muzeyida bölib, şundan bor-yöği 2 ming 400 tasi namoyişga qöyilgan. Körgazma zallari yetarli bölmagani sababli 97 mingdan ziyodi omborda saqlanmoqda.

“Markaziy Osiyo, Xitoy, Yaponiya, Hindiston va Yevropa davlatlari madaniyatini özida aks ettirgan bu noyob sanat asarlari nafaqat bizning, balki butun insoniyatning beqiyos boyligi. Ularni asrab-avaylab, kelgusi avlodlar uçun beşikast yetkaziş, dunyo ommasiga namoyiş qiliş orqali mamlakatimizning boy tarixi va madaniyatini tarannum etiş barçamizning muqaddas burçimiz”, deya takidladi Prezident.