Mirziyoyev yangi qurilgan aeroportni borib kördi
27-08-2025, 21:39
811 марта

Mirziyoyev yangi qurilgan aeroportni borib kördi
Prezident Şavkat Mirziyoyev bugun, 27 avgust kuni “Toşkent-Şarqiy” aerodromi negizida qurib bitkazilgan yangi aeroportni borib kördi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Aeroportning qurilişi 2017 yilda boşlangan edi. Uning umumiy maydoni 561 gektardan iborat. Endilikda 4 kilometr uzunlikdagi uçiş-qöniş yölagi va 3 ta harakatlaniş yöli yangilanib, eng oğir samolyotlarni ham qabul qiliş quvvatiga ega böldi. 20 ta samolyotga möljallangan perron barpo etildi. Boeing 787, A 320 kabi samolyotlar, biznes-jetlar hamda vertolyotlar uçun angarlar qurildi. Prezident matbuot xizmatining yozişiça, bu ularning qişda iliq, yozda salqin saqlanişi va xavfsizligini taminlaydi.

Aeroportda VIP va CIP terminallar bunyod etilgan. Oliy martabali mehmonlar zalida rasmiy kutib oliş, muzokaralar va brifing ötkaziş uçun barça şaroitlar yaratilgan. Soatiga 100 yölovçini qabul qiliş quvvatiga ega CIP terminalida dökon va ovqatlaniş joylari böladi.
Qayd etilişiça, aeroport ICAO III-A toifasidagi ilğor radiotexnika va meteorologiya uskunalari bilan jihozlanadi. Bu noqulay ob-havo şaroitlarida ham uçiş va qöniş imkonini beradi.
Xabarda aytilişiça, yangi aeroport qulay joylaşuvi tufayli poytaxt va Yangi Toşkent şahri uçun muhim transport xabiga aylanadi. Xalqaro taşriflar va işbilarmonlik safarlarini amalga oşiriş imkoniyatlari kengayadi, xorijiy investorlar uçun şaroitlar yaxşilanadi. Natijada iqtisodiy aloqalar va xizmat körsatiş sohasi yanada rivojlanib, yangi iş örinlari yaratiladi.

Aeroportni közdan keçirar ekan, Prezident Mirziyoyev şunday dedi:
“Köp yil tayyorgarlik qilib, mana şunday aeroport qurdik. Bu ham davlatçilikning yana bir zamini. Bu yerda yurtimizga keladigan mehmonlar va samolyotlarga yuqori darajada xizmat körsatiladi. Natijada Toşkent xalqaro aeroportiga yuklama yengillaşadi. Xudo xohlasa, u aeroport uçun ham boşqa joyda ulkan majmua qurişni rejalaştirganmiz. Umuman, hamma hududlarimizda katta-katta loyihalarni boşlaganmiz. Ilohim, tinçligimizga köz tegmasin, yangi inşootlar, farovonlik xalqimizga buyursin”.