Mirziyoyevga Trampning tabrigi yetkazildi
28-08-2025, 21:51
269 марта

Mirziyoyevga Trampning tabrigi yetkazildi
Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev bugun, 28 avgust kuni mamlakatda amaliy taşrif bilan bölib turgan Amerika Qöşma Ştatlari Prezidenti Donald Trampning global şerikliklar böyiça maxsus vakili Paolo Zampollini qabul qildi. Bu haqda Özbekiston rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.
AQŞ mamuriyatining yuqori martabali vakili Mirziyoyevga Trampning samimiy salomi va Özbekiston mustaqilligi kuni munosabati bilan tabriklarini yetkazgan.
Uçraşuvda Özbekiston bilan AQŞ örtasidagi strategik şeriklik va köp qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada kengaytiriş masalalari atrofliça körib çiqilgan.
Turli darajalarda samarali aloqalar davom etayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etilgan.
“Konstruktiv siyosiy muloqot rivojlanmoqda, faol parlamentlararo almaşinuvlar amalga oşirilmoqda. Ötgan oyda Kongressda Özbekiston kuni doirasidagi tadbirlar ötkazildi, bu yil kuzda kengaytirilgan strategik şeriklik muloqotining birinçi yiğilişi bölib ötadi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilişiça, mamlakatlar örtasida xavfsizlik, terrorizm, ekstremizm va noqonuniy migratsiyaga qarşi kuraşiş borasida samarali hamkorlik yölga qöyilgan.