USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Mirziyoyev Xitoyda Putin bilan uçraşadi

192 марта

Mirziyoyev Xitoyda Putin bilan uçraşadi


Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Xitoyda  Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uçraşadi. Bu haqda Rossiya rahbarining yordamçisi Yuriy Uşakov malum qildi.

Uşakovga köra, Rossiya Prezidenti Xitoy rahbari Si Tszinpin bilan uçraşuvdan söng qator ikki tomonlama uçraşuvlar, jumladan, Prezident Şavkat Mirziyoyev bilan uçraşuv ötkazadi, unda hamkorlikni rivojlantiriş masalalari muhokama qilinadi.

Malumot uçun, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpinning taklifiga binoan 30 avgust - 3 sentyabr kunlari rasmiy taşrif bilan uşbu mamlakatda böladi. Özbekiston yetakçisi uşbu kunlari Tyantszin şahrida ötadigan Şanxay Hamkorlik Taşkiloti davlat rahbarlari kengaşi majlisi va “ŞHT plyus” formatidagi sammitda iştirok etadi.
Tadbirlar kun tartibidan ustuvor yönalişlarda köp tomonlama hamkorlikni kengaytiriş va taşkilot faoliyatini yanada takomillaştirişning dolzarb jihatlari örin olgan. Uning yakunida Tyantszin deklaratsiyasi, xavfsizlik, raqamli iqtisodiyot, “yaşil” sanoat, energetika, turizm va boşqa sohalarda şeriklikni rivojlantiriş va mustahkamlaşga qaratilgan qöşma hujjatlar va qarorlar qabul qilinişi rejalaştirilgan.
2 sentyabr kuni Pekin şahrida Mirziyoyev Xitoy rahbari Si Tszinpin bilan muzokaralar ötkazadi, şuningdek, Xitoy rasmiy şaxslari va yetakçi kompaniyalari rahbarlari bilan uçraşuvlar ötkazadi. Özbekiston bilan Xitoy örtasidagi har tomonlama strategik şeriklik munosabatlarini yanada mustahkamlaş va amaliy hamkorlikni kengaytiriş masalalari körib çiqiladi.

Özbekiston Prezidenti 3 sentyabr kuni Ikkinçi jahon uruşidagi Ğalabaning 80 yilligiga bağişlangan tantanali tadbirlarda ham iştirok etadi.

Xitoyning rasmiy axborot agentligi “Sinxua”ga köra, Pekinda ötadigan tantanalarda 26 mamlakat yetakçisi va hukumat rahbarlari iştirok etadi.

Xitoyga birinçilar qatorida taşrif buyurişi rejalaştirilgan xorijiy davlat rahbarlaridan biri Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In sanaladi. 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: