Mirziyoyev va Lukaşenko telefon orqali muloqot qildi
30-08-2025, 12:32
118 марта

Mirziyoyev va Lukaşenko telefon orqali muloqot qildi
Prezident Şavkat Mirziyoyev 30 avgust kuni Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukaşenko bilan telefon orqali muloqot qildi.Davlat rahbari Belarus yetakçisini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam soğlik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, döst Belarus xalqiga tinçlik-osoyiştalik va ravnaq tiladi.
Belarus Prezidenti, öz navbatida, Özbekiston yetakçisi va köp millatli xalqini yaqinlaşib kelayotgan Mustaqillik kuni bilan samimiy qutlab, bardavom taraqqiyot va ravnaq tiladi.
Aleksandr Lukaşenkoning ötgan yil fevral oyida Özbekistonga taşrifi davomida erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş doirasida Özbekiston-Belarus köp qirrali şeriklik munosabatlarini yanada kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.
Turli darajalardagi muloqot va almaşinuvlar samarali bölayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboşlaş hajmi yil boşidan buyon 30 foizga oşdi. Yetakçi korxonalarning qişloq xöjaligi, elektrotexnika, maşinasozlik, töqimaçilik va boşqa tarmoqlardagi kooperatsiya loyihalari amalga oşirilmoqda. Parlamentlararo, işbilarmonlik va madaniy-gumanitar aloqalar faol rivojlanmoqda.
Özbekiston va Belarus yetakçilari bölajak ikki tomonlama uçraşuv va tadbirlar rejasini ham körib çiqdilar.