“Taşabbusli byudjet”da aholi va davlat şerikçiligi yölga qöyiladi

“Taşabbusli byudjet” jarayonlarini takomillaştirişga doir prezident qarori qabul qilindi, deya xabar berdi Iqtisodiyot va moliya vazirligi.
Qarorda közda tutilişiça, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari har yili “Taşabbusli byudjet” jarayonlari doirasida öz saylov okruglarida ğolib bölmagan loyihalardan ikkitasini (har mavsumda bittadan) tanlaydi va ular “Oçiq byudjet” axborot portalida avtomatik ravişda ğolib deb topilib, respublika byudjeti hisobidan moliyalaştiriladi. Buning uçun har bir deputatga yiliga ikki mavsum uçun bazaviy hisoblaş miqdorining 8 ming barobari (3,3 mlrd söm) ajratiladi.
Şuningdek, 2026 yildan boşlab ijtimoiy masalalarga oid loyihalarni aholi va davlat örtasida şeriklik asosida moliyalaştiriş tartibi joriy etiladi.
Bunda, taşabbuskor aholi tomonidan loyihalar qiymatining 50 foiz qismi ixtiyoriy ravişda moliyalaştirilgan taqdirda loyihalar avtomatik ravişda ğolib deb topiladi va qolgan 50 foizi respublika byudjetidan moliyalaştiriladi.
Loyihalar şeriklik asosida moliyalaştirilganda:
- ovoz berişda iştirok etmagan holda ğolib deb topiladi;
- tegişli mahallalarga tanaffus beriş amaliyoti qöllanmaydi.