Piskentda avtomobillarni sinovdan ötkaziş amaliyoti töxtatildi
2-09-2025, 11:54
111 марта
Piskentda avtomobillarni sinovdan ötkaziş amaliyoti töxtatildi2025 yil 2 sentyabrdan avtomobillarni Piskent sinov majmuasida sinovlardan ötkaziş amaliyoti töxtatildi. Bu haqda Texnik jihatdan tartibga soliş agentligi axborot xizmati malum qildi.
Xabarga köra, uşbu sinov amaliyoti respublikamizda rasmiy dilerlar va servis markazlari soni keskin oşganligi hamda istemolçilarning rasmiy dilerlar bilan işlaş amaliyoti joriy etilganligini inobatga olgan holda töxtatilgan.
Malumot uçun 2024 yilning 1 noyabridan boşlab Piskent sinov majmuasida sifat kafolatiga ega bölmagan avtomobillarni respublikamizga olib kirilişini hamda yöllarda baxtsiz hodisalarning oldini oliş maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan texnik reglamentga muvofiq sinovlardan ötkazilgan.
Tahlil natijalariga köra, respublikamizga texnik reglamentga muvofiq transport turi maqullanmagan yengil avtomobillarning import qilingani sababli, ularning sinovlari birma-bir ötkazilişiga sabab bölgan.
Yurtimizda 2024 yilgaça faqatgina 3 ta dilerlik markazlari faoliyat yuritgan bölsa, ular atigi 15 ta avtomodel uçun maqullaş hujjatini olgan edi. Hozirgi kunda esa, 21 ta xorijiy kompaniyalarning rasmiy dilerlari öz faoliyatini boşladi va 100 dan ortiq avtomobil rusumlariga maqullaş hujjatlari rasmiylaştirildi, deyiladi xabarda.