USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Interpol qidirayotgan özbekistonliklar AQŞ va Polşada uşlandi

241 марта

Interpol qidirayotgan özbekistonliklar AQŞ va Polşada uşlandi

Interpol orqali xalqaro qidiruvda bölgan fuqarolar AQŞ va Polşadan Özbekistonga ekstraditsiya qilindi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilişiça, qidiruvdagi şaxslardan biri Polşa hududida qölga olingaç va zarur tartib talablari amalga oşirilgaç, jinoiy javobgarlikka tortiş maqsadida Interpolning Özbekiston Respublikasidagi Milliy Markaziy byurosi xodimlariga topşirilgan.

Şu bilan birga, oldinroq Amerika Qöşma Ştatlaridan Özbekiston Respublikasiga noqonuniy migratsiyaga qarşi kuraşiş tadbirlari doirasida mamlakatda noqonuniy ravişda bölgan 39 nafar fuqaro deportatsiya qilingani xabar qilingan edi

Ular orasida Interpol kanallari orqali öta yirik miqdordagi firibgarlik uçun qidiruvda bölgan jinoyatçi ham bölgan.

“Bu AQŞning Özbekistondagi elçixonasi va Interpolning Özbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi örtasida doimiy axborot almaşinuvi va yaqin hamkorlik asosida AQŞ immigratsiya xizmatlari etiboriga tuşgan xalqaro qidiruvdagi jinoyatçilarning qölga olinganining ikkinçi ijobiy misolidir”, deyiladi xabarda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: