Tramp Özbekistonga kelişi mumkin – Eurasianet
12-09-2025, 14:38
612 марта

Tramp Özbekistonga kelişi mumkin – Eurasianet
Eurasianet naşrining yozişiça, Donald Tramp Markaziy Osiyoga taşrif buyurgan birinçi AQŞ prezidenti bölişi mumkin.Naşr avvalroq Şavkat Mirziyoyev Amerika rahbarini Toşkentga taklif qilganini eslatib, «Özbekiston tomoni allaqaçon bir neça bor taklifnoma jönatgan va aprel oyida taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov boşçiligidagi delegatsiya uni Oq uyga topşirgani»ni yozadi.
Eslatib ötamiz, 2018 yilda Mirziyoyev Oq uyda Tramp bilan uçraşgan, keyin AQŞ prezidenti u haqda «juda hurmatli şaxs» degan edi.
Şuningdek, joriy yil 5 sentyabr kuni bölib ötgan telefon muloqotida Mirziyoyev Trampga «qulay vaqtda» Özbekistonga taşrif buyurişni taklif qilgandi.
Naşr, öz navbatida, Vaşingtondagi manbalariga tayanib, 9 sentyabr holatiga köra Markaziy Osiyoga taşrif böyiça heç qanday qaror qabul qilinmaganini malum qildi.
Eurasianet Trampning Qozoğistonga taşrifi ehtimoli haqida ham öz taxminlarini ilgari surgan.